„UOTERGEYT ISHI“ — 1972-1974-yillarda AQSHda prezident Richard Nikson isteʼfoga chiqishi bilan yakunlangan siyosiy janjal.1974-yil 17-iyunda demokratlar partiyasining nomzodi Jorj Mak Governning Vashingtondagi ''Uotergeyt''mehmonxonasida joylashgan shtab-kvartirasida 5 kishi hibsga olindi. Ular saylovoldi shtabiga respublikachilar vakillari tomonidan xufiya eshitish moslamalarining oʻrnatilishi va baʼzi maʼlumotlarga qaraganda demokratlar shtabidagi ichki hujjatlarni suratga olishi 'Uotergeyt ishi' nomli siyosiy janjalga aylanib, R.Niksonning bu ishga aloqadorlikda ayblanishdan va oʻzini javobgarlikka totilishidan qoʻrqib muddatidan oldin isteʼfoga chiqishiga olib keldi. Amerikalik sotsiolog Aleksandr buni 'Amerika tarixidagi eng jiddiy tinchlik davridagi siyosiy inqiroz' deb atadi