Weisshorn[1][2][3][4] (nem. Weisshorn — Oq choʻqqi[5]) — Shveytsariyaning Valais kantonligidgi Pennin Alp togʻlarida joylashgan balandligi 4506 metr boʻlgan choʻqqi. Bu tog'lar orasida Alp tog'larining yettinchi eng baland cho'qqisi bo'lib, nisbiy balandligi 100 metrdan oshadi[6]. Weisshorga birinchi ko'tarilish 1861-yilda ingliz Jon Tyndall tomonidan gidlar Iogann Yozef Bennen va Ulrix Venger bilan birga amalga oshiriligan.

Weisshorn

Weisshornning sharqiy tomoni
Boshqa nomi Oq cho'qqi
Joylashuvi Shveysariya Shveytsariya Valais
Koordinatalar 46°06′06″N 7°42′58″E / 46.10167°N 7.71611°E / 46.10167; 7.71611 G OKoordinatalari: 46°06′06″N 7°42′58″E / 46.10167°N 7.71611°E / 46.10167; 7.71611 G O
Togʻ tizmasi Alp
Ilk koʻtarilishi 19-avgust 1861-yil John Tyndall J.J. Bennen and Ulrich Wenger
Alp tog' tizmasi

Fizik geografik xususiyatlari tahrir

Weisshorn cho'qqisi Shveytsariyaning Vale kantonida, Rona daryosidan 25 kilometr janubda joylashgan. Cho'qqi shimoldan janubga cho'zilgan tog' tizmasining bir qismi bo'lib, g'arbdan Annivier vodiysiga va sharqdan Mattertal vodiysiga tutashgan. Weisshorn tepadan pastga (janubiy, sharqiy va shimoliy) tushadigan tizmalar bilan bo'lingan uchburchak piramida shakliga ega. Sharqiy va shimoliy tizmalar oʻrtasida Bisgletscher muzligi joylashgan boʻlib, choʻqqi uzun tik qorli nishabga aylanadi. Sharqiy va janubiy tizmalar orasida Shali muzligi (Schaligletscher) joylashgan. Muzlik butunlay qoyalar bilan o'ralgan. G'arbiy tomoni qolganlarga qaraganda tik. Gʻarbiy yonbagʻir ostida du Weisshorn muzligi va Moming muzligi yotadi. Cho'qqidan bir yarim kilometr uzoqlikda shimoliy tizma ikkiga bo'linib, sharqqa va g'arbga yo'naltiriladi. Ularning orasida Turtmann muzligi (Turtmanngletscher) joylashgan. Sharqiy tizma Bishorn cho'qqisiga (dengiz sathidan 4153 metr balandlikda) olib boradi[7].

1991-yil aprel va may oylarida tog'ning g'arbiy tomonida 2 marta ko'chki sodir bo'ldi. Koʻchkilar Zermattga olib boradigan avtomobil va temir yoʻlni oʻz ichiga olgan asosiy yoʻllarni vayron qildi va Mattervispa daryosining tubini toʻsib qo'ydi , oqibatda Randa daryosining yuqori oqimidagi qismlarini suv bosdi. Tabiiy ofatda qurbonlar bo'lmagan, biroq mintaqa infratuzilmasi zarar koʻrgan. Qutqaruv va tiklash ishlarining qiymati 110 000 000 Shveytsariya frankidan oshgan[8]. Ko'chkilardan so'ng tog' yuzasi asta-sekin Randa tomon siljishda davom etdi. Shu munosabat bilan Shveytsariyaning Syurix texnik maktabi negizida maxsus kafedra tashkil etildi, uning vazifasi ana shunday ofatlarning sabablari va mexanizmlari boʻyicha tadqiqotlar olib borish edi[9]. Kafedra tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida bir qancha ilmiy ishlar chop etilgan[10].

Cho'qqiga ko'tarilish tahrir

Birinchi ekspiditsiya tahrir

1860-yilning 1-iyulida MS Metyus shveytsariyalik alpinist Melchior Anderegg va Iogann Kronig bilan birga ikkinchi yoʻlboshchi sifatida janubi-sharqiy tomondan, soʻngra janubiy tizmadan chiqishga harakat qiloshdi. Muzlikdan o'tib, ular cho'qqining yonbag'iriga yetib kelishdi, lekin tizma tomon yaqinlashganda ular baland qor qoplamiga (taxminan 10-12 dyuym) duch kelishdi. Ularning yonida qor erishi natijasida qor ko'chkisi yuzaga kelgan, alpinistlar o'zlarini xavf ostiga qo'ymaslikka va Zermattga qaytishga qaror qilishdi. Qaytish paytida bir nechta qor ko'chkilari bo'lib o'tdi, ammo hech kim jabrlanmadi[11].

Weisshornga birinchi marta 1861-yil 19-avgustda 29 yoshli fizik Jon Tindall koʻtarilgan. Unga gidlar Iogann Yozef Bennen va Ulrix Venger hamrohlik qildi. Ularning toqqa chiqish yo'li hozir eng mashhur: Randa qishlog'i (Weisshorn Hut) yo'nalishidan sharqiy tizma bo'ylab harakatlanishgan. Tyndale va gidlar 1861-yil 18-avgustda kunduzi soat birda Randadan jo'nab ketishdi va kechasi biroz dam olishdi hamda mashshaqatli ko'tarilishdan so'ng ertasi kuni cho'qqiga chiqdilar. Ular 19-avgust kuni tushdan keyin soat 11 da Randaga qaytib kelishdi[12][13].

Ikkinchi ko'tarilish 1862-yilda Lesli Stiven tomonidan amalga oshirilgan. Stiven Tyndall ko'tarilgan marshrut bo'ylab bir kun ichida ko'tarilishni yakunlashga muvaffaq bo'ldi. Unga gidlar Melchior Anderegg va Frans Biner hamrohlik qildi[14].

 
Weisshorn,Randa

Boshqa yo'nalish bo'ylab cho'qqiga ko'tarilish tahrir

 
Weisshorn shimoliy tizmasidagi Buyuk Jandarm tepaligi

1877-yilda V.E.Devidson, J.V.Xartli va X.S.Xoar gidlar P. Rubi, J. Xuang va A. Pollinger bilan boshqa yo'nalishda cho'qqiga ko'tarilishni boshlashdi. Janubi-sharqiy tomonning pastki qismi bo'ylab Shali muzligigacha ko'tarilib, janubi-g'arbiy tizmaga yetib borishdi va choqqiga chiqishda davom etishdi. Bu tizmaning butun ko'tarilishi (pastki qismi juda qiyin va xavfli hisoblangan) 1895-yilda J. M. Biner, A. Imboden va E. Brum tomonidan yakunlangan. Janubi-sharqiy yuza tomondan 1906-yilda J.V.Yang va R.G.Mayer tomonidan mahalliy gid Jozef Knubel bilan birga koʻtarilishgan[15].

Shimoli-sharqiy yonbag'irda muzlikka chiqish uchun birinchi muvaffaqiyatli urinish 1871-yilda J.X.Kitson tomonidan gid Kristian Almer va uning o'g'li bilan qilingan. Ular shimoliy tizma yaqinidagi Katta Jandarm tepasi ostidagi dovon bo'ylab yurishdi. Keyinchalik, ularning yo'lini V.A.B. Kulidj va Meta Brevort takrorlashdi. 1909-yilda J.V.Yang va Jozef Knubel dovonning markaziy qismidan ko'tarilishdi[16]

 
Weisshornning g'arbiy yuzi, Bieshornga qaragan

G'arbiy tomondan birinchi marta 1879-yilda G.A.Passingem gidlar F.Imseng va L.Zurbryuken bilan birga ko'tarilgan. Ushbu dovonga boshqa yo'llar 1883 va 1889-yillarda yotqizilgan. Sharqiy yuza bo'ylab eng oson yo'nalish 1890-yilda J.V.Yang va L.B.Feitas bilan Buyuk Jandarm tepaligi ostiga ko'tarilgan va Younggrat deb nomlangan[17].

Buyuk Jandarmning o'zi birinchi marta 1898-yilda shimoliy tizma bo'ylab zabt etilgan. Oradan bir oy oʻtib, 1898-yil 21-sentabrda X.Byeli va X.Burgener Bishorn tepasidan shimoliy tizma boʻylab Weisshornga toʻliq ko'tarilganlar[18].

Omadsiz ekspiditsiyalar tahrir

  • 1888-yil 18 yoshli alpinist Jorj Uinkler [de] g'arbiy yuzaga bir o'zi chiqmoqchi bo'lganida qor ko'chkisi ostida vafot etdi. Qutqaruv guruhi uning jasadini topa olmadi, uning jasadi faqat 1956-yilda Weisshorn muzligidan topilgan[19][20].
  • 1908-yil Jon Garfort Kokkin janubi-sharqiy tomonga bir o'zi ko'tarilish chog'ida vafot etdi[21].
  • 1983-yil 31-iyul Zermatt havo kuchlarining Sud-Aviation Alouette III vertolyoti Shali muzligida tungi parvoz vaqtida qulab tushdi. Yoʻqolgan ikki alpinistni qidirish uchun uchuvchi, uning yordamchisi va togʻ yoʻlboshchisi bilan vertolyot joʻnatildi. Uchuvchi vertolyotni dengiz sathidan 3160 metr balandlikdagi muzlik ustiga qoʻndirmoqchi boʻlganda halokatga uchragan. Butun ekipaj jiddiy jarohat oldi, biroq gid va uchuvchi omon qolishdi. Yoʻqolgan ikki alpinist keyinroq oʻlik holda topilgan[22].
  • 2013-yil 17-avgust Ikki alpinist, 23 yoshli fransuz va 37 yoshli shveytsariyalik Weisshorn choʻqqisiga sharqiy tomondan muvaffaqiyatli koʻtarilganidan soʻng halokatga uchradi. Ular 300 metr balandlikdan qulashi natijasida halok bo'ldilar[23].

Toqqa chiqish yo'llari tahrir

Barcha toqqa chiqish yo'llari qiyin. Eng oson deb hisoblangan klassik yo'nalish sharqiy tomondagi Weisshorn boshpanasidan boshlanadi va sharqiy tizma bo'ylab ketadi. Klassik yo'nalish UIAA tasnifiga ko'ra III-IV toifaga ega (IFAS tasnifiga ko'ra AD). Shuningdek, shimoliy tizmadagi Bisshorndan, Tracuit Hutdan Weisshornga chiqishish mumkin. Bishorn cho'qqisiga chiqishdagi muzlik yo'li nisbatan oson. Bishorndan keyin ko'tarilish Weisshorn cho'qqisiga qadar, Buyuk Jandarm cho'qqisida oraliq ko'tarilish ancha qiyinlashadi. Shimoliy tizma bo'ylab yo'nalish UIAA tasnifiga ko'ra III-IV toifaga yoki IFAS tasnifiga ko'ra AD+ toifasiga ega. Sharqiy va shimoliy tizmalar bo'ylab yo'nalishlar eng oson, qolganlari UIAA toifasi IV va undan yuqoridir[24].

Manbalar tahrir

  1. Швейцария, Лихтенштейн // Атлас мира / сост. и подгот. к изд. ПКО «Картография» в 2009 г. ; гл. ред. Г. В. Поздняк. — М. : ПКО «Картография» : Оникс, 2010. — С. 62.
  2. Швейцария: Общегеографическая карта / сост. и подгот. к изд. Омской картогр. ф-кой в 2003 г.; ст. ред. Т. П. Филатова; ред. Н. Д. Стоялова. — 1:500 000, 5 км в 1 см. — М., 2004
  3. Северная Италия, Швейцария // Атлас мира / сост. и подгот. к изд. ПКО «Картография» в 1999 г. ; отв. ред. Т. Г. Новикова, Т. М. Воробьёва. — 3-е изд., стер., отпеч. в 2002 г. с диапоз. 1999 г. — М. : Роскартография, 2002. — С. 78—79. —
  4. Швейцария // Атлас мира / сост. и подгот. к печати ПКО «Картография» Госгеодезии СССР в 1982 г.; отв. ред. С. И. Сергеева, В. М. Антонов. — Испр. в 1991 г. — М.: Комитет геодезии и картографии СССР, 1991. — С. 87. — 337 с. — 50 000 экз.
  5. http://www.swissworld.org/ru/switzerland/ehkskljuziv/shveicarskie_alpy/ehtimologija/
  6. http://www.peakbagger.com/list.aspx?lid=2305&u=m&hu=1&pt=prom
  7. Alpine Club. The Alpine journale. — United Kingdom, 1864. — Т. vol. 1.
  8. International Independent Center of Climate Change Impact on Natural Risk Analysis in Mountainous Areas.
  9. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  10. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  11. Alpine Club. The Alpine journale. — United Kingdom, 1864. — Т. vol. 1.
  12. Fergus Fleming. Killing Dragons: The conquest of the Alps. — Granta Books, 2011. — С. 202
  13. John Tyndall. Climbing the Weisshorn — A Historical Account of a Mountaineer's Attempt to Climb One of the Highest Peaks in the Alps. — Oliphant Press, 2011. — 26 с.
  14. Alpine Club. The Alpine journale. — United Kingdom, 1864. — Т. vol. 1.
  15. Wolfgang Pusch, Helmut Dumler, Willi P. Burkhardt. Viertausender der Alpen. — Bergverlag Rother GmbH, 2013. — С. 165—173. — 271 с
  16. Wolfgang Pusch, Helmut Dumler, Willi P. Burkhardt. Viertausender der Alpen. — Bergverlag Rother GmbH, 2013. — С. 165—173. — 271 с.
  17. Wolfgang Pusch, Helmut Dumler, Willi P. Burkhardt. Viertausender der Alpen. — Bergverlag Rother GmbH, 2013. — С. 165—173. — 271 с.
  18. Wolfgang Pusch, Helmut Dumler, Willi P. Burkhardt. Viertausender der Alpen. — Bergverlag Rother GmbH, 2013. — С. 165—173. — 271 с.
  19. Wolfgang Pusch, Helmut Dumler, Willi P. Burkhardt. Viertausender der Alpen. — Bergverlag Rother GmbH, 2013. — С. 165—173. — 271 с
  20. https://archive.org/details/encyclopediaofmo0000unsw
  21. Wolfgang Pusch, Helmut Dumler, Willi P. Burkhardt. Viertausender der Alpen. — Bergverlag Rother GmbH, 2013. — С. 165—173. — 271 с.
  22. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  23. http://www.lastampa.it/2013/08/18/edizioni/aosta/cordata-precipita-per-metri-morti-due-alpinisti-sul-weisshorn-Ej7BAPr2Voqh5iXztdEapL/pagina.html
  24. http://www.camptocamp.org/summits/38534/fr/weisshorn

Adabiyotlar tahrir

Havolalar tahrir

}}