Wen-Chang Za Lu (Ven-Chang boʻlinmasidan turli qaydlar. Qoʻshimlar) — Xitoyning dengizorti mamlakatlar bilan munosabatlariga oid muhim manba. Wen-Chang Za Lu, (Ven-Chang boʻlinmasidan turli qaydlar. Qoʻshimlar) asarining muallifi Pan Yuan-in (1020—1085) boʻlib, uning otasi Pan Szi (988—1063) Sun imperatori Jen-tszun (1020—1063) saroyida birinchi vazir sifatida xizmat qilgan. asarda maʼmuriy boshqaruv, mansablar, mansablarni egallash uchun topshirildigan imtihonlar, elchilar va ularni qabul qilish marosimiga oid maʼlumotlar keltirilgan[1]. Pan Yuan-in Sun imperiyasida toʻrt yil davomida xorijiy elchilarni qabul qilish idorasining boshligʻi boʻlgan. Bu uning davlat arxivlaridan foydalanishiga imkon yaratgan. Dastlab kitob olti boʻlimdan iborat boʻlgan. Qaydlarning aksariyati sud odob-axloq qoidalari va marosimlarida, oʻzgarishlarni tavsiflashga bagʻishlangan turli boʻlimlarda rasmiy tayinlashlar va koʻtarilishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar, voqealar va tartiblarning tavsifi; davlat imtihonlari bilan bogʻliq. shuningdek, qo‘shni davlatlar tavsifi va ulardagi joy nomlari, yirik shaharlar xususida toʻxtalib oʻtilgan. Sun imperiyasining iqtisodiy jihatdan dengizorti mamlakatlari bilan bu davrda aloqalariing avj olishi natijasida koʻplab dengizorti mamlakatlari savdogarlari, elchilari Sun imperiyasiga kelganlar. Pan Yuan-in mansabi nuqtai-nazaridan ular bilan suhbatlashish, ularning urf-odatlari va davlati, hukumdorlari, mamlakatlarining tabiati, xoʻjaligi va boshqa sohalarga oid maʼlumotlarni bilib olish imkoniga ega boʻlgan. Shuningdek, asarda Xitoy Sun sulolasi tarixiga oid qoʻshimcha maʼlumotlar, 1080-yildan keyin Sun sulolasi davlat aparatida boʻlgan oʻzgarishlarni ham qamrab oladi. Pan Yuan-in asarida tarixiy xronologik jarayonlar aniq va ketma-ketlikda keltirilganligi bilan ham oʻziga xos boʻlib hisoblanadi. Asarning birinchi va ikkinchi boʻlimlari 1082-yilda yozilgan boʻlsa, uchinchi va toʻrtinchi boʻlimlari 1083-yilda, beshinchi boʻlimi 1084 yilda va soʻnggi oltinchi boʻlimi 1085 yilda yozib tugatilgan[2].


Manbalar

tahrir
  1. Velgus А.V. Srednevekoviy Kitay. Issledovaniya i materiali po istorii, vneshnim svyazyam, literature. Moskva: Nauka, 1987 — 289-bet. 
  2. Аlekseev V.M. Kitayskaya literatura. – Kitay. Istoriya, ekonomika, kultura, geroicheskaya borba natsionalnuyu nezavisimost, Moskva, 1940 — 358-bet.