Wendy's (soʻzma-soʻz – „Vendida“; talaffuzi: Vendis) – AQShning The Wendy's Companyga tegishli tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Dublinda (Ogayo shtati) joylashgan.

Wendy's
Turi shoʻba korxona
Tarmogʻi restoran
Egasi The Wendy's Company
Qachon asos solingan 15-noyabr, 1969-yil (55 yil avval) (1969-11-15)
Columbus, AQSh
Joylashuvi Dave Thomas bulvari 1-uy
Asoschi(lari) Dave Thomas
Rahbariyat Todd A. Penegor (prezident, CEO)
Carl Loredo (CMO)
Mahsulot(lar)i
Vebsayti wendys.com

Tarmoq butun dunyo boʻylab franshiza asosida ochilgan 6207 ta restoranga ega (2017-yil yanvar oyi maʼlumotlari), restoranlarning 77 foizi Shimoliy Amerikada joylashgan, Burger King, Subway va McDonald's tarmoqlarining asosiy raqobatchisi hisoblanadi.

Wendy's restoranlari 10 turdagi mol goʻshtli va 9 turdagi tovuq goʻshtli burgerlar, bir nechta turdagi qovurilgan kartoshka, pishirilgan kartoshka, 5 turdagi salat, „Chili“ hamda 30 ga yaqin shirinliklar va ichimliklarni oʻz ichiga olgan mahsulotlar sotadi. Bundan tashqari, har mavsumda assortiment yangilanadi.

Wendy's’ga kelgach, tashrif buyuruvchi shaxsiy xohish-istaklariga qarab burger uchun masalliq buyurishi mumkin – bu yerda tayyor burgerlar sotilmaydi, yemak har bir tashrif buyuruvchi buyurtma berilgandan soʻng alohida tayyorlanadi.

Havolalar

tahrir