Willie Nelson
Willie Xyu Nelson - amerikalik kantri qoʻshiqchisi, gitarachi va musiqa bastalovchi. Nelson 1933-yil 29-aprelda Texasning Abbott shahrida tugʻilgan[1]. Nelson oʻzining shajarasi boshlanishini ajdodi Jon Nelson mayor boʻlib xizmat qilgan Amerika inqilobiy urushiga bogʻlaydi[2]. Uning „Shotgun Willie“ (1973), „Red Headed Stranger“ (1975) va „Stardust“ (1978) albomlari tanqidiy va tijorat muvaffaqiyati bilan birgalikda Nelsonni kantri musiqasining eng taniqli ijodkorlaridan biriga aylantirdi. Nelson 30 dan ortiq filmlarda rol oʻynagan, bir nechta kitoblarning muallifi, bioyoqilgʻidan foydalanish va marixuanani qonuniylashtirish boʻyicha faollikda ishtirok etgan.
Willie Nelson | |
---|---|
Willie Nelson 2019-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
29-aprel 1933-yil |
Janrlar | Kantri, jazz, blyuz |
Kasbi | Artist, Musiqachi, Kantri qo'shiqchisi, giratarachi |
Faoliyat yillari | 1956—hozirgacha |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | nomaʼlum |
Veb-sayt | https://willienelson.com/ |
Nelson oʻzining birinchi qoʻshigʻini yetti yoshida yozgan. Ilk bor oʻn yoshida guruhda ijro etishni boshlagan. Oʻrta maktabda u Bohemian Polka bilan mahalliy qoʻshiqchi va gitarachi sifatida gastrollarda boʻldi. 1950-yilda oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u AQSh havo kuchlariga qoʻshildi, ammo keyinchalik belidagi muammolar tufayli boʻshatilgan. Qaytganidan keyin Nelson ikki yil davomida Baylor universitetida oʻqidi, lekin musiqa sohasida muvaffaqiyat qozongani uchun oʻqishni tashladi. U oʻzi tugʻilgan Texas shtatidagi radiostansiyalarda va Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismidagi bir nechta radiostansiyalarda DJ boʻlib ishlagan. Shu bilan birga 1950-yillarning oxirlarida qoʻshiqchi va bastakor sifatida faoliyat olip borgan. Bu vaqt ichida u oʻzining eng yaxshi qoʻshiqlarni yozdi, jumladan „Funny How Time Slips Away“, „Hello walls“, „Pretty Paper“ va „Crazy“ musiqiy alibomlari juda mashhur boʻldi. 1960-yilda u Tennessi shtatining Nashvill shahriga koʻchib oʻtdi va keyinchalik Pamper Music bilan nashriyot shartnomasini imzoladi. Bu shartnoma esa Rey Price guruhiga baschi sifatida qoʻshilish imkonini berdi. 1962-yilda u oʻzining „… And Then I Wrote“ nomli yana bitta mashur albomin yaratti. Ushbu muvaffaqiyat tufayli Nelson 1964-yilda RCA Viktor bilan shartnoma tuzdi va keyingi yili Grand Ole Opry musiqiy radiosida ishlay boshladi. 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida oʻrta-chart hitlaridan soʻng Nelson korporativ Nashville musiqa sahnasidan charchadi va 1972-yilda Texasning Ostin shahriga koʻchib oʻtdi.
1973-yilda Atlantic Records bilan shartnoma imzolagandan soʻng, Nelson „Shotgun Willie“ va „Phases and Stages“ kabi albomlarin yaratti. 1975-yilda koʻp tanqidlar ostida qolgan „Red Headed Stranger“ albomini yozdi. Oʻsha yili u Ueylon Jennings, Jessi Kolter va Tompall Glazer bilan birga „Wanted! The Outlaws“ alibomin yozdi. 1980-yillarning oʻrtalarida „Honeysuckle Rose“ kabi xit albomlarni yaratish va „On the Road Again“, „To All the Girls I’ve Loved Before“ va „Pancho va Lefty“ kabi xit qoʻshiqlarni yozish chogʻida u „The Highwaymen“ musiqiy guruhiga qoʻshildi.
Manbalar
tahrir- ↑ Joe Nick Patoski, Willie Nelson: An Epic Life, Internet Archive
- ↑ Willie Nelson, Itʼs a Long Story: My Life by Willie Nelson Hachette Book Group; Little, Brown and Company