Wine & Spirit Education Trust (WSET) (ingl. tarjima qilinganda „Vino va spirtning taʼlim trasti“) — vino va spirtli ichimliklar sohasida kurslar va imtihonlar tashkil etadigan global tashkilot. WSET 1969-yilda tashkil etilgan[1]. Tashkilotning bosh qarorgohi Londonda joylashgan[2]. WSET vino taʼlimi boʻyicha dunyodagi yetakchi yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi[3][4]. 2016-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Gonkongda WSETning birinchi xalqaro ofisi ochildi. Buning sababi Buyuk Xitoyda vino va spirtli ichimliklar taʼlimiga boʻlgan talabning yuqoriligi edi[5].

WSET tarixi va tuzilishi

tahrir

WSET Vino va Spirt Uyushmasining Taʼlim qoʻmitasidan paydo boʻlgan va Vintners 'Company tomonidan moliyalashtirib yaratilgan.

WSET rahbariyati 8 kishidan iborat Vasiylik kengashiga hisobot beradi; uchtasi Vintners 'Companydan, uchtasi Vino va spirt uyushmasidan, bittasi Worshipful Company of Distillersdan va yana bittasi Vino ustalari institutidan[6].

Kurslar

tahrir
 
Sertifikat maktubi va vinolar va spirtli ichimliklardagi 3-darajali malaka dasturi mukofoti nishoni

WSET tomonidan oʻtkaziladigan kurslar dastlab vino va spirtli ichimliklar savdosi bilan shugʻullanadigan odamlar uchun moʻljallangan edi. WSET dasturlarida konosyer-havaskorlar tobora koʻproq ishtirok etmoqda[7]. WSET dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida professional sertifikatlar taqdim etadi. Tashkilot faoliyati Amerikaning SOMM savdo guruhi tomonidan ijobiy baholandi[8].

Vino sohasidagi WSET malaka darajalari

tahrir
  • Vino sohasidagi 1-darajali malaka;
  • Vino sohasidagi 2-darajali malaka;
  • Vino sohasidagi 3-darajali malaka;
  • Vino sohasida 4-darajali malaka diplomi.

Oxirgi 50-yil ichida 10 000 dan ortiq 4-darajali WSET diplomli mutahassislari bitirgan. Diplomni muvaffaqiyatli olganlar oʻz ismlariga „DipWSET“ postfiksini qoʻshishlari mumkin[9][10].

Manbalar

tahrir
  1. Ray. „The top wine-tasting courses“ (29-avgust 2008-yil). 1-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „About Us“. Wine & Spirit Education Trust. 2012-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2008-yil.
  3. J. Robinson (ed), The Oxford Companion to Wine, Third Edition, p. 769, Oxford University Press 2006, ISBN 0-19-860990-6
  4. „EVERYTHING YOU NEED TO KNOW ABOUT THE WSET’S NEW QUALIFICATIONS“. DrinkBusiness. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  5. „WSET Opens First International Office in Hong Kong“. Wine & Spirit Education Trust. 2018-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  6. „Our Story“. Wine & Spirit Education Trust. 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2015-yil.
  7. „From novice to nerd: how to know your wines“. The Guardian. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
  8. „Wine & Spirit Education Trust“. SOMM. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  9. „Diploma Graduates“ (en-GB). WSET Awards & Graduation. 2020-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  10. „The WSET Diploma: Is It Right For You?“ (en). Forbes. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.

Havolalar

tahrir