Winifred Mason Shaw (keyinchalik Mrs. Wooldridge) (1947-yil 18-yanvar — 1992-yil 30-mart) Shotlandiyalik professional tennischi boʻlib, uning karyerasi 1960-yillarning oʻrtalaridan 70-yillarning boshlarigacha davom etgan. 2002-yilda vafotidan etgandan keyin Shotlandiya sport shon-shuhrat zaliga(Halls of Fame-tennischilar roʻyxati) kiritildi.

Winnie Shaw
Toʻliq ismi Winifred Mason Shaw
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Tugʻilishi 18-yanvar 1947-yil
Glasgow, Shotlandiya
Vafoti 30-mart 1992-yil(1992-03-30)
(45 yoshda)
Woking, Angliya
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Yakkalik bahslar
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open SF (1970, 1971)
French Open 3R (1971)
Wimbledon QF (1970, 1971)
US Open 3R (1969)
Juftlik bahslari
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open SF (1971, 1972)
French Open F (1972)
Wimbledon SF (1972)
US Open SF (1966, 1967)
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
French Open F (1971)
Wimbledon 4R (1969, 1971, 1973, 1974)
US Open QF (1967)
Jamoa musobaqalari
Wightman Cup W (1968)

Shaxsiy hayoti tahrir

Winifred Mason Shaw 1947-yil 18-yanvarda Glazgoda tugʻilgan, u 1930 va 1933-yillarda Shotlandiya milliy chempioni boʻlgan tennischi va jurnalist Angus Shaw Winifred Meysonning ikkinchi va kenja farzandi.[1][2]

Faoliyati tahrir

Winifred Mason Shaw1965, 1966 va 1970-yillarda Shotlandiya tennis oʻyinlari boʻyicha chempionatning uch karra gʻolibi, Shotlandiya qattiq(Scotland Hard Court) kort chempionatida uch karra ikkinchi va Britaniya qattiq kort chempionatida ikki marta ikkinchi oʻrinni egallagan. Grand Slam musobaqalarida uning eng yaxshi muvaffaqiyati 1970 va 1971-yillarda Australian Open yarim finaliga va xuddi shu mavsumlarda Wimbledonning chorak finaliga chiqish edi.

Juftlik musobaqalarida Shaw Fransiya Ochiq chempionatida aralash juftlik (1971-yil) va ayollar juftligi (1972-yil) finaliga chiqdi. U, shuningdek, ikki martadan AQSh Ochiq chempionati va Avstraliya ochiq chempionatining ayollar juftlik bahslarida yarim finalga, 1972-yili Wimbledonda esa Shotlandiyadan boshqa bir tennischi Joys Williams bilan oʻynab yarim finalga chiqdi.[3][4]

U 1966—1972-yillarda Whightman kubogi va Federatsiya kubogi jamoalarida Buyuk Britaniyani himoya qilgan.

Golf faoliyati tahrir

1972-yilda turmush qurganidan keyin u golf oʻyinchisiga aylandi. U 1982-yilgi Ayollar uyi xalqaro musobaqasida Shotlandiya uchun oʻynagan.[5] Shaw 1980 va 1982-yillarda Shotlandiya ayollar havaskorlari chempionatining yarim finaliga chiqdi.[6][7][8][9] 1981-yilda Belle Robertson bilan hamkorlikda u Avia Foursomes musobaqasida 309 ball toʻplagan holda ikkinchi oʻrinni egallaganlardan oldinda boʻlgan holda gʻolib chiqdi.[10]

Isteʼfo chiqishi tahrir

U 1972-yil oktabr oyida ingliz tennischisi Kate Wooldrigega turmushga chiqdi va 1978-yilgi Wimbledon musobaqasidan keyin tennischi sifatida nafaqaga chiqdi.[11] U 1992-yil 30-martda miya shishi tufayli vafot etdi.[9]

Grand Slam final tahrir

Juftlik bahslari (1 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Magʻlubiyat 1972-yil Fransiya ochiq Loy   Nell Truman   Billie Jean King

  Betty Stöve

1-6, 2-6
Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Magʻlubiyat 1971-yil Fransiya ochiq Loy   Toomas Leius   Françoise Dürr

  Jean-Claude Barclay

2-6, 4-6

Manbalar tahrir

  1. Bill Edwards. „Obituary: Winnie Shaw“. The Independent (1994-yil 16-fevral).
  2. World of Tennis '73 : a BP and Commercial Union yearbook John Barrett: . London: Queen Anne Press, 1973 — 269 bet. ISBN 9780671216238. 
  3. „Players archive – Winnie Wooldridge (Shaw)“. Wimbledon. AELTC.
  4. „Winnie Shaw reaches Wimbledon semis 1972“. BBC.
  5. „Miss Wright is foiled at last hole“. The Glasgow Herald (1982-yil 25-sentyabr), s. 16.
  6. „Belle and Fiona are Scottish finalists“. The Glasgow Herald (1980-yil 24-may), s. 14.
  7. Jacobs, Raymond. „Mrs Robertson done wrong by another Wright“. The Glasgow Herald (1982-yil 22-may), s. 17.
  8. Russell Leadbetter. „Winnie Shaw, Scottish tennis great“. The Herald (2018-yil 30-iyun).
  9. 9,0 9,1 The International Tennis Federation : World of Tennis 1993 John Barrett: . London: Collins Willow, 1993 — 359 bet. ISBN 9780002185080. 
  10. „Scots pair win nerve war“. The Glasgow Herald (1981-yil 20-mart), s. 23.
  11. Rob Robertson. „Coach links three Wimbledon Scots Keith Wooldridge, who married Winnie Shaw, has played a part in the development of two of her successors.“. The Herald (2001-yil 25-iyun).

Havolalar tahrir