Winny Puhh — 1993-yilda Estoniyaning Põlva shahrida tashkil etilgan musiqiy guruh. Guruh taʼsischilar hisoblangan Ove, Indrek va Olavi bir-birlari bilan maktab paytlaridan beri tanish edilar. 2009-yilda barabanchi Olavi Sander (Olevik) guruhni vaqtincha tark etdi va uning oʻrniga Kristjan (Väikepax) keldi. Ammo keyinroq Olevik qaytib keldi va guruhda ikkita barabanchi boʻldi. Guruh aʼzolari koʻpincha oʻziga xos kostyumlarda chiqish qilishadi[1].

Winny Puhh
Winny Puhh guruhi Ringvaade televizion shousida
Winny Puhh guruhi Ringvaade televizion shousida
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Põlva, Estoniya
Faoliyat yillari 1993—hozirgi kunga qadar
Janr Rok, metal
Leybl Legendaarne Records
Tarkib Indrek Vaheoja
Silver Lepaste
Ove Musting
Indrek Nõmm
Kristjan Oden
Olavi Sander
Vebsayt myspace.com/winnypuhh/

Karyerasi

tahrir

Guruh mashhur personaj hisoblangan Winnie-the-Pooh sharafiga nomlangan. Oʻn uch yil birga ijod qilishganidan soʻng, ular 2006-yilda „Nuudlid ja hapupiim“ (inglizcha: Noodles and Sour Milk) qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlib ketdi. Ular ushbu qoʻshigʻi bilan Raadio 2 teleradiostansiyasining yillik xitlari orasidan oʻrin olishdi.

2008-yilda Winny Puhh guruhining „Vanamutt“ (inglizcha: The Old Lady) videoklipi Estoniyaning Eesti Muusikaauhinnad musiqa mukofotiga nomzod boʻldi. 2009-yilda G-Enka nomi bilan mashhur boʻlgan Henry Kõrvits „Peegelpõrand“ (inglizcha: Mirror Floor) qoʻshigʻini kuylash uchun Winny Puhh guruhiga qoʻshildi. Ushbu tarona 2009-yilgi Raadio 2 teleradiostansiyasining Top 40 reytingida 456 ta ovoz bilan oltinchi oʻrinni egalladi[2].

2013-yilda Winny Puhh guruhi Eurovision qoʻshiq tanlovi 2013 musobaqasining Estoniyadagi bosqichi finalida „Meiecundimees üks Korsakov läks eile Lätti“ (inglizcha: Korsakov, the guy around our area, went to Latvia yesterday) qoʻshigʻi bilan ishtirok etdi. Ular tanlovda Birgit Õigemeel va Grete Paialardan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[3]. „Meiecundimees üks Korsakov läks eile Lätti“ (inglizcha: Korsakov, the guy around our area, went to Latvia yesterday) taronasining kengaytirilgan versiyasi Parijda Rick Owens moda koʻrgazmasida namoyish etildi[4].

Guruh aʼzolari

tahrir
  • Indrek Vaheoja (Korraldajaonu) — Vokal
  • Silver Lepaste (Kartauto) — Gitara
  • Ove Musting (Jürnas Farmer) — Gitara, Vokal
  • Indrek Nõmm (Koeraonu) — Bass gitara
  • Kristjan Oden (Väikepax) — Baraban
  • Olavi Sander (Doktor O) — Baraban

Albomlari

tahrir
  • Täämba õdagu praadimi kunna (2006)
  • Brääznik (2010)
  • Kes küsib (2014)

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir