Word on the Water (Suv yuzasidagi soʻzlar) — bu yuk kemasida joylashgan kitob doʻkoni boʻlib, bu kema-doʻkon Londonning Kingʻs Cross hududidagi Regent kanalida joylashgan, ammo uni London kanallari tarmogʻi boʻylab boshqa joylarda ham uchratish mumkin[1].

Word on the Water
Turi kompaniya
Qachon asos solingan 2010-yil
Asoschi(lari) Paddy Screech, Jonathan Privett, and Stephane Chaudat

Tarixi

tahrir

Yuk tashuvchi kemaga doʻkon qurish gʻoyasi 2011-yilda ikki asoschi (Jon va Paddy) oʻz qayiqlarini bandargohga yonma-yon bogʻlagandan keyin paydo boʻlgan[2]. 2014-yilda Word on the Water asoschilari Angliya va Uelsning Canal & River Trust kompaniyasidan Paddington maydonidagi Regent kanali uchun doimiy langar tashlash litsenziyasini olishga ariza berishdi, biroq bu soʻrov rad etildi va uning oʻrniga taklif qilingan qahvaxona yaratish uchun British Landga ruhsatnoma taqdim etildi[3]. Keyin Canal & Rivers Trust kompaniyasida Word on the Waterga 2015-yilda berilgan doimiy langar tashlash litsenziyasini taqdim etish uchun soʻrovnoma yuborildi[4][5]. Ular Stephanedan yuk tashuvchi kema sotib olmoqchi boʻlganlarida, u ularning biznesdagi sherigiga aylandi[6]. Doʻkon avvaliga har ikki haftada oʻz joyini oʻzgartirib turishga majbur boʻlgan, ammo keyinchalik qonun-qoidalar oʻzgarishi sababli doʻkon egalari olti oylik langar tashlash huquqiga ega boʻlishdi.

2021-yilda mazkur qoʻshma shirkat doʻkoni The Guardian tomonidan Britaniyaning 10 ta eng yaxshi mustaqil kitob doʻkonlaridan biri sifatida etirof etildi[7].

Kitob doʻkonining asosiy manzilgohi 1920-yillardan qolgan Gollandiya kanalidagi yuk tashish qayigʻi hisoblanadi[8].

Doʻkon har kuni har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan peshindan to kechki 7.00 ga qadar ochiq boʻladi. Bu ish vaqti ayrim bayram kunlaridagina oʻzgarishi mumkin.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Solosophie. „Word on the Water: A Unique Bookbarge Bookshop in London“ (inglizcha). solosophie (11-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  2. Miller. „The tiny floating bookshop moored on a London canal“ (inglizcha). MyLondon (6-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  3. Miller. „The tiny floating bookshop moored on a London canal“ (inglizcha). MyLondon (6-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  4. The Guardian. „Save Word on the Water, the wonderful floating bookshop“ (inglizcha). the Guardian (8-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  5. BBC. „Campaign to save floating Word On The Water bookshop“ (inglizcha). BBC News (24-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
  6. Nordland, Rod. „London’s Canalboat Bookstore Finds a Berth, and Success“ (inglizcha). The New York Times (29-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  7. Boland. „10 of Britain’s best indie bookshops“ (inglizcha). the Guardian (18-iyun 2021-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  8. Kings Cross. „Word on the Water – the floating book barge at King’s Cross“ (inglizcha). King's Cross. 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2022-yil.

Havolalar

tahrir