Xabar.uz
Xabar.uz — Oʻzbekistondagi axborot-tahliliy yangiliklar sayti boʻlib, AOKA huzurida roʻyxatdan oʻtgan. 2017-yil 20-dekabrda test rejimida ish faoliyatini boshlagan. Shu yilning 27-dekabridan beri ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy, huquqiy sohalarini yoritib boradi. Saytga „Shuhrat“ medali sohibi Abdugʻani Abdurahmonov muharrirlik qiladi[1].
Xabar.uz | |
---|---|
Joriy holati | faol |
Tijoratmi | tijoriy |
Sayt turi | OAV |
Roʻyxatdan oʻtish | 2017-yil 27-dekabr |
Qaysi tillarda | oʻzbekcha, ruscha |
Muassisi | „Xabar" gazetasi tahririyati |
Joylashuv | Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko‘chasi, 2 |
URL | xabar.uz |
Sayt haqida
tahrirSayt 2017-yilning 27-dekabrida elektron OAV sifatida 1210-Guvohnoma raqami bilan ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Internet sayt sahifalarining kunlik ko‘rilishi soni 100 mingdan oshgan. Xabar.uz turli ijtimoiy tarmoqlarda jami 100 mingdan ziyod obunachiga ega.
Saytining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan birgalikdagi jami har kunlik auditoriyasi 300 ming kishidan ziyod. Bir oy davomida saytga o‘rtacha 3 million kishi tashrif buyuradi[2]
Birgalikdagi loyihalar
tahrir"Xabar" gazetasi sayt bilan yondosh loyiha sanaladi[3]. „Xabar“ gazetasining birinchi soni 1992-yil 21-mart kuni Oʻzbekiston Aloqa vazirligi nashri sifatida chop etilgan. Gazeta O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1991-yil 25-dekabrdagi 172-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilingan[4]. 2001-yil 1-iyundan gazeta tahririyatning o‘z kompyuter bazasida terilib, sahifalana boshlangan. 2002-yil iyun oyida gazeta o‘z elektron pochtasiga ega bo‘lgan. 2003-yilning 27-iyunidan gazeta 8 sahifada chop qilina boshlagan. 2005-yil 4-martdan gazeta rangli chiqa boshlagan. 2006-yil 6-yanvardan gazeta 16 sahifada, o‘zbek va rus tillarida, 1 va 16 sahifalar rangli tarzda chop etiladi.