Xachatur Petrosov Nikitich — 1886-yili tug‘ilgan, Ozarbayjon SSR Tog‘li Qorabog‘ oblastining Shusha shahridan, armani, Dashnoqlar aksilinqilobiy tashkilotining aʼzosi, 1920-yilda valyuta oldi-berdisini buzganlikda ayblanib qamoqqa olingan, hibsga olingan vaqtda artelda tayyorlovchi bo‘lib ishlagan. Aholi orasida targ‘ibot olib borganlikda, xalq dushmanlarini maqtaganlikda, xalqlar dohiysi shaʼniga terrorchilik kayfiyatini bildirganlikda, partiya va hukumat o‘tkazayotgan tadbirlar haqida bo‘hton va tuhmatlar tarqatganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 165-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.