Xalida Kamilova
Xalida Hafizovna Kamilova — (1950-yil, 18-oktabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Texnika fanlari doktori (2003), professor(2016).
Xalida Kamilova | |
---|---|
Tavalludi |
18.10.1950 Toshkent, O'zbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | texnika |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirXalida Kamilova 1950-yil 18-oktabrda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Texnika fanlari doktori (2003), professor (2016). U 1972-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Xalida Kamilova 1972—1974-yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti „Tikuv buyumlari texnologiyasi“ kafedrasi aspiranti, 1974—1977-yillar Moskva yengil sanoat institutining katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri, 1995—2006-yillar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Toʻqimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani, 2006-yildan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirXalida Kamilova 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 dan ortiq uslubiy qoʻllanma, 1 ta monografiya, 23 ta ixtiro, 9 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma muallifi. Uning 5 ta darsligi „Yilning eng yaxshi darsligi“ Respublika tanlovlarida gʻolib deb topilgan. U boshchiligida 2 jildli „Oʻzbek anʼanaviy kiyimlari“ nomli kitob-albom yaratilgan. Xalida Kamilova London moda kolleji, Milan politexnika universiteti, Lion Le Martiner Didro litseyi kabi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Uning rahbarligida „Bolajonlar-shirintoylar“ Respublika bolalar moda festivali, „Toshkent moda haftaligi“, „Milliy matolar va liboslar“ koʻrgazmasi kabi festivallar respublika va xorijda oʻtkazilib kelinmoqda. U 2005-yildan ommaviy bayram va tadbirlarda liboslar boʻyicha bosh dizayner hisoblanadi[1].
Mukofotlari
tahrirXalida Kamilova „Ofarin“ davlat mukofoti (2001), O’zbekiston Respublikasining san’at va me’morchilik sohasidagi ikkinchi darajali Davlat mukofoti (2007), „O’zbekiston mustaqilligiga 20 yil“ estalik nishoni (2011), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2018) bilan mukofotlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.
- ↑ Oʻquv ishlar boʻyicha prorektor