Xalq banki (forscha: بانک ملت , Bank Milat) – Erondagi xususiy banklardan biri. Forschadan tarjima qilganda „Millat banki“ degan maʼnoni anglatadi. Bank tashkil etilgan 1980-yilda ustav kapitali 33,5 milliard rialni tashkil qilgan. Xalq banki inqilobgacha boʻlgan davrda xususiy boʻlgan Tehron, Dariush, Pars, Etebarat Taavoni va Tozie, Eron va Arab, Bein-al-melalie-Eron, Omran, Bimeh Eron, Tijorat Xorijiy Eron va Farhangian kabi 10 ta bankning birlashuvidan hosil boʻlgan.

Eron Xalq banki
بانک ملت (Bank Milât)
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Faoliyati bank ishi, moliyaviy xizmatlar, Sugʻurta
Birja listingi Tehron fond birjasi: BMLT1
Asos solingan 22-iyul, 1980-yil (44 yil avval) (1980-07-22)
Boyligi
Aktivlari US$ 62 billion (2011)[2]
Sof foydasi US$6.761 billion (2016)[1]
Xodimlari 19 876 (2019)
Rahbariyat Rizo Davlatobodiy (Boshqaruv raisi)
Shoʻba tashkilotlari Mellat Investment Bank, Persia Xalqaro banki
Sayti en.bankmellat.ir
Xalq banki (Eron)

Hozirda bank kapitali 13,100 milliard rialni tashkil etadi va u mamlakatdagi eng yirik tijorat banklaridan biri boʻlib, dunyoning top 1000 ta banki qatoriga kiradi[manba kerak]

Eron hukumatining banklar, ommaviy axborot vositalari, transport va konchilik kompaniyalaridagi davlat ulushlarining 80 foizini xususiylashtirish siyosati doirasida 2007-yilda Xalq bankini xususiylashtirish jarayonini boshladi[3]

Xalq banki va Tijorat bankining Londondagi filiallari birlashtirilib, Persia Xalqaro banki tashkil etildi.

Sanksiyalar va sud jarayonlari

tahrir

AQSh Moliya vazirligi Xalq banki va Persia Xalqaro banklarini BMT Xavfsizlik Kengashining 1803-rezolyutsiyasini buzgan holda Eron bilan savdo qilishlari mumkin boʻlgan fors banklari kuzatuv roʻyxatida turishini qayd etdi[4].

2013-yil 29-yanvarda Lyuksemburgdagi Yevropa Bosh sudi Eronning yadroviy va raketa dasturlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun Xalq bankiga qarshi 2010-yildan beri amalda boʻlgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Qaror bankning asosiy huquqlari rad etilganini va mavjud daʼvoni tasdiqlovchi dalillar yoʻqligi uchun qabul qilindi. Xalq banki zararni qoplash uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirdi[5][6]. 2016-yil 18-fevralda Yevropa Ittifoqi Adliya sudi sanksiyalar uchun keltirilgan sabablar juda noaniq ekanligi haqidagi Bosh sud qaroriga qoʻshildi[7].

2013-yil mart oyida Britaniya sudlaridagi oʻxshash harakat Buyuk Britaniya Oliy sudiga olib borilgan va bu sud birinchi marta yopiq sud majlisini oʻtkazishiga sabab boʻlgan[8]. 2013-yil iyun oyida Oliy sud Buyuk Britaniya hukumatining bankka nisbatan sanksiyalarini qonunga xilof deb topdi va sudyalardan biri Xalq bankini nishonga olish „mantiqsiz va nomutanosib“ ekanligini taʼkidladi[9][10]. Eron Xalq banki 2009—2013-yillar oraligʻidagi biznes yoʻqotishlari uchun Buyuk Britaniya hukumatidan tovon undirishni talab qilmoqda[11]. Zararni qoplash boʻyicha sud majlisi 2019-yil iyun oyida rejalashtirilgan edi, oʻshanda Eron Xalq banki 1,7 milliard dollar miqdorida tovon toʻlashni talab qilgan[12]. Sudning birinchi kunida tomonlar maxfiy summani toʻlash boʻyicha kelishuvga erishdi[10][13]. Keyinroq Tayms gazetasi Britaniya tomonidan Eron Xalq bankiga 1,25 milliard funt sterling qoʻshimcha foizi bilan AQSh sanksiyalaridan qochish maqsadida uchinchi mamlakat kompaniyalari orqali toʻlab berilgani haqida yozdi[14][15]. Biroq, Britaniya hukumati parlamentda „kelishuv uchun toʻlangan summa 91 352 709,35 yevroni tashkil etganini“ va sud xarajatlari uchun 1 million funt sterling xarajat qilinganini bildirdi[16].

Manbalar

tahrir
  1. „Top 100 Iranian Companies“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Archived copy“. 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-fevral.
  3. „Iran to sell 80pc of Bank Mellat“. Dawn. AFP (2007-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  4. „Iranian Banks“. The United States department of the Treasury. 2008-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Iran bank to sue EU after winning sanction list case“. Reuters (2013-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  6. Ulrich Unterweger. „General Court rulings on Iranian Banks threaten to torpedo EU's foreign policy ambitions“. European Law Blog (2013-yil 4-aprel). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  7. „European Union and United Kingdom Sanctions Update: March 2016“. K&L Gates (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  8. Maya Lester. „First ever closed hearing in the UK Supreme Court - Bank Mellat's case“. European Sanctions - Law and practice (2013-yil 21-mart). 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  9. Lester. „UK Supreme Court quashes Order against Bank Mellat“. European Sanctions blog (2013-yil 20-iyun). 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  10. 10,0 10,1 Jane Croft; Andrew England; Sarah Provan. „UK settles £1.3bn lawsuit with Iran's Bank Mellat after 10 years“. Financial Times (2019-yil 18-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-avgust.
  11. Colin Freeman. „Iranian bank sues over sanctions“. Daily Telegraph (2013-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  12. Cross, Michael. „Court of Appeal rejects Iranian bank's secrecy plea“. Law Society Gazette (2019-yil 18-mart). Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
  13. Ridley, Kirstin. „Britain settles sanctions dispute with Iran's Bank Mellat“. Reuters (2019-yil 18-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-avgust.
  14. Philp, Catherine. „UK dodged sanctions to settle with Iranian Bank Mellat“. The Times (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  15. „Iran claims 'victory' after bank compensated by Britain“. France 24. AFP (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  16. Glen. „Bank Mellat:Written question - 337“. House of Commons. UK Parliament (2019-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.

Havolalar

tahrir