Xalq lashkarlari - qadimda va oʻrta asrlarda urush vaqtida fuqarolardan (asosan, koʻngillilardan) tashkil topadigan harbiy tuzilmalar; chet el bosqinchilariga qarshi kurash uchun keng xalq ommasini jalb kilish shakllaridan biri. Xalq lashkarlari deyarli barcha xalqlar tarixida juda qadimdan maʼlum. Bir davlat boshqa bir davlatga hujum qilganida bosqinchilikka uchragan mamlakat xalqi oʻz vatanini mudofaa qilish uchun qoʻliga qurol olgan va muntazam qoʻshinlar bilan bir qatorda dushmanga qarshi kurashgan. Xalq lashkarlari koʻngilli vatanparvarlardan tashkil topganligi bilan partizanlarga oʻxshab ketsada, ular bir-biridan farq qiladi: yaʼni partizanlar dushman bosib olgan xududda harakat qiladi, Xalq lashkarlari esa, dushman bosib olmagan xududda tuziladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME