Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidentlari

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 8 yil muddatga saylanadi, bundan keyin 4 yillik muddatga qayta saylanish imkoniyati mavjud.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti barcha sohalarda ushbu tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Prezidentlarga oid faktlar

tahrir

Baron Pyer de Kuberten 1925—1937-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti boʻlgan.

Graf Anri de Baye-Latur Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi qarorgohida vafot etgan.

Everi Brendej hozirga qadar yevropalik boʻlmagan yagona prezident. Avval olimpiadada sportchi sifatida ishtirok etgan dastlabki prezident.

Markiz Xuan Antonio Samaranch prezidentlik davrida ikki bora Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. 2001—2010-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti.

Graf Jak Rogge 1968-, 1972- va 1976-yilgi olimpiyadalarda sportchi sifatida ishtirok etgan. 2013-yildan Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti.

Tomas Bax Olimpiyadada chempioni boʻlgan birinchi prezident (qilichbozlik boʻyicha 1976-yilgi Olimpiyada gʻolibi). Oʻzbekistonga 2015-yili tashrif buyurgan.[1][2]

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidentlari
Prezident Mamlakat Prezidentlik davri
Demetrius Vikelas   Gretsiya 1894-1896
Baron Pyer de Kuberten   Fransiya 1896-1916 va 1919-1925
Baron Godfrua de Blone    Shveysariya 1916-1919 (v.b.)
Graf Anri de Baye-Latur   Belgiya 1925-1942
Zigfrid Edstryom   Shvetsiya 1946-1952 (v.b.1942-1946)
Everi Brendej   AQSh 1952-1972
Lord Maykl Killanin   Irlandiya 1972-1980
Markiz Xuan Antonio Samaranch   Ispaniya 1980-2001
Tomas Bax   Belgiya 2001-2013
Graf Jak Rogge   Germaniya 2013-…

Manbalar

tahrir
  1. „Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentga keldi“. kun.uz (15-iyun 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  2. ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 45-bet. ISBN 978-9943-381-37-7.