Xalqaro astronavtika federatsiyasi

Xalqaro astronavtika federatsiyasi — kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va oʻzlashtirish muammolari, shuningdek, raketa texnikasi va kosmik huquq masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro ilmiy tashkilot. 1950 yil astronavtika va raketa jamiyatlarining Parijda oʻtkazilgan 1Xalqaro kongressida 8 ta davlat (Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya) vakillari Xalqaro astronavtika federatsiyasif. tuzish haqida qaror qabul qildi. Xalqaro astronavtika federatsiyasif. Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazib turadi. 1952 yil Shtutgart (Germaniya) da boʻlib oʻtgan ZXalqaro astronavtika kongressida Xalqaro astronavtika federatsiyasif.ning nizomi qabul qilindi. 1960 ydan Xalqaro astronavtika federatsiyasif. qoshida Xalqaro astronomiya akademiyasi va Xalqaro kosmik huquq instituti faoliyat koʻrsatadi. Ushbu tashkilotlar oʻz nizomi va boshqaruv organlariga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasif.ning asosiy boshqaruv organi Bosh assambleya bulib, u har yili Xalqaro astronavtika federatsiyasif.ning kongressi bilan yigʻiladi. Bosh assambleya sessiyasida Xalqaro astronavtika federatsiyasif. ning joriy ishlarini prezident va 4 ta vitseprezidentdan iborat byuro boshqaradi. 40 ga yaqin mamlakatning ilmiy tashkilotlarini birlashtiradi. YUNESKO va Xalqaro elektr aloqa ittifoqi qoshida konsultativ maqomga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasif.ning shtabkvartirasi va kotibiyati Parij shahrida joylashgan.