Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni (inglizcha:International Day for the relmination of Women against Women) 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan butun dunyoda ayollarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish maqsadida eʼlon qilingan xalqaro muhim kun sanaladi[1].

WDG – March for Elimination of Violence Against Women in Rome (2018) 3.jpg
Rimda ayollarga qarshi zoʻrovonlikka qarshi oʻtkazilayotgan mitingdan lavha. 2018-yil.

1999-yil BMT Bosh Assambleyasi 25-noyabrni Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni deb eʼlon qiladi. Ushbu kunning 25-noyabr qilib belgilanishining sababi 1960-yilda Dominikan Respublikasida sodir boʻlgan mudhish voqeadir. Mamlakatni diktatura orqali boshqaryotgan Rafael Truxilloga muxolifligi bilan tanilgan uch opa-singil Miraballar diktator Trijilloning: „Mamlakatda ikkita xavf bor: cherkov va Mirabal opa-singillar“ deb bergan bayonotidan soʻng oʻldirib ketiladi[1][2][3][4][5][6][7].

Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kunining eʼlon qilinishi

tahrir

Mirabel opa-singillar uzoq vaqt Trujilloning diktatorligiga qarshi muxolif boʻlib kelishgan edi. Mirabel opa-singillarning bir muddat qamoqqa tashlanishi ham ularni bu yoʻldan qaytara olmaydi. Ular kurashda davom etishadi. Ammo 1960-yilning 25-noyabr kuni ularning jasadi Dominikan davlatining shimolida joylashgan bir jarlik yoqasida topiladi. Ertasi kun gazetalarda opa-singillarning avtohalokatga uchragani toʻgʻrisidagi xabarlar chiqadi. Lekin haqiqat maxfiyligicha qolib ketmaydi. Mamlakat ozodligi uchun kurashgan opa-singillarning jasorati oʻlimidan soʻng ham yod etiladi. 1981-yilning 25-noyabr kuni Lotin Amerikasining ayollar qurultoyi Dominikada boʻlib oʻtadi. Qurultoy bu kunni ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi birdamlik kuni deb eʼlon qiladi. Bu qaror BMT tomonidan keyinchalik xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni qilib belgilanadi[8].

  1. 1,0 1,1 „International Day for the Elimination of Violence against Women“. un.org. 7 mayıs 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 ağustos 2012.
  2. „“25 Kasım Kadına Yönelik Şiddete Karşı Uluslararası Mücadele ve Dayanışma Günü”“. Kültür Sanat Sendikası (25 kasım 2011). 25 aralık 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 ağustos 2012.
  3. „Las Mariposas: The Mirabal Sisters’ Role As Heroines Of The Dominican Republic“. StMU History Media Project (1 mayıs 2017). 10 mayıs 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 mayıs 2019.
  4. „DEATH OF "THE BUTTERFLIES" GIVES BIRTH TO A REVOLUTION“. The History Channel (25 kasım 1970). 13 mayıs 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 mayıs 2019.
  5. Red Holler: Contemporary Appalachian Literature. Sarabande Books, 8 Ekim 2013 — 52-bet. ISBN 9781936747665. 
  6. Bachata: A Social History of a Dominican Popular Music. Temple University Press, 6 Haziran 1995 — 61-bet. ISBN 9781566393003. 
  7. „Mirabel Kardeşler’in Özgürlük Tutkusu 58. Yılında“. Bianet. bianet.org (14 kasım 2018). 14 kasım 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 mayıs 2018.
  8. https://www.emo.org.tr/ekler/bd746de60e4fb18_ek.pdf?dergi=979.