Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali — 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan festival. 2018-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Prezidentining Surxondaryoga tashrifi chogʻida uning taklifi bilan ushbu festivalni anʼanaviy oʻtkazish rejalashtirilgan[1]. Festivaldan koʻzda tutilgan maqsad sharq xalqlari folklor sanʼatining yetakchi janrlaridan biri boʻlgan baxshichilikni keng targʻib qilish, folklor anʼanalari va qadriyatlarini rivojlantirish va uni chuqurroq oʻrganishga qaratilgan. Baxshichilik va dostonchilik tarixi, ularning ijodini mukammal oʻrganish, xalq ogʻzaki ijodiga oid asarlarni toʻplash, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va sanʼatidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirishdan iborat.
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali | |
---|---|
„Chavqi“ folklor-etnografik ansambli baxshisi | |
Janri | Folklor |
Oʻtkazilishi | Ikki yilda bir marta |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Ochilish | -may, 2019-yil |
Tashkilotchi | |
Veb-sayt | bakhshi.uz |
Festival jarayoni
tahrir2019-yili ilk bor Surxondaryo viloyati Termiz shahrida boʻlib oʻtgan festivalda 74 ta mamlakatdan 160 dan ziyod vakil qatnashgan[2].
Ushbu festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar ham tashkil etilgan. Xususan, 2021-yil Nukusda „Baxshichilik sanʼatining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan oʻrni“ mavzusida konferensiya oʻtkazilgan[3].
Mukofotlanganlar roʻyxati
tahrirXalqaro baxshichilik sanʼati festivalida mukofotlanganlar roʻyxati 2023-yil[4]
Egallagan oʻrni | Ismi-familiyasi | Qaysi davlatdan | Mukofotlar (AQSH $) | |
Gran pri | Ilhom Norov | Oʻzbekiston | 7000 | |
1-oʻrin | Sariyev Garyagdi
Salamat Ayapov Sandan Ares Risbay Isakov |
Turkmaniston | 2500
2500 2500 2500 | |
2-oʻrin | Rasulbek Abduraxmonov
Nugzar Kavtaradze Sarvar Sabri Kamal Yaroslav Dmitrov Xristov |
O‘zbekiston | 1750
1750 1750 1750 | |
3-oʻrin | Dilmurod Gulmurodov
Serik Jaqsiqulov Erdane Vat Yesun Shin Ja Sun |
O‘zbekiston | 1250
1250 1250 1250 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM“. lex.uz. Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ „Xalqaro baxshichilik festivali xalq ijodining nodir namunalarini avlodlarga bezavol yetkazadi“. president.uz. Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ „Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g’oliblari taqdirlandi“. joqargikenes.uz. Qaraldi: 22-may 2024-yil.
- ↑ „Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi“. kun.uz. Qaraldi: 22-may 2024-yil.