Xalqaro frankofoniya kuni (fr. Journée internationale de la Francophonie) — "Frankofoniya" jahon fransuz tili  mamlakatlari hamkorligi xalqaro tashkiloti ta’sis etilgan kunni nishonlash sanasini bildiradi.  20-mart kuni tashkilot a’zolari tomonidan bayram qilinadi. Bu sana 220 million fransuz tilida so‘zlashuvchilarga bag‘ishlangan bo‘lib, ulardan 75 millioni fransuz tilini ona tili sifatida qadrlaydi.  

Frankofoniya bayrog'i

1970-yil 20-martda Niame shahrida fransuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning birinchi davlatlararo tashkiloti — Madaniy va texnik hamkorlik agentligi (MTHA)ni[1] tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Maqsad — fransuz tilining barcha muxlislarini birlashtirish, fransuz madaniyatini, shuningdek, fransuz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar madaniyatini tarqatish va ommalashtirishga ko‘maklashishdir. 1998-yilda esa fransuz tili tashkiloti  — hukumatlararo Frankofoniya agentligi tashkil etilishi bilan bu sana “Frankofoniya” tashkilotiga a’zo 84 davlat uchun ularni birlashtiruvchi madaniy omil – fransuz tilini nishonlash usuli sifatida bayram deb e’lon qilindi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir