Xalqaro geologik kongresslar — geologlar ilmiy birlashmasi (IUGS)ning har 3—4 yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro anjumani. Xalqaro geologik kongresslarga 141 davlat geologlarining milliy qoʻmitalari (jumladan, Oʻzbekiston geologlari Milliy qoʻmitasi) hamda 38 ga yaqin Yer haqidagi fanlarning tor mutaxassisliklari boʻyicha Xalqaro geologik uyushma va tashkilotlari aʼzo. Xalqaro geologik kongresslarning asosiy vazifasi — Yer haqidagi fanlar boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlarga yordam berish; mineral xom ashyo turlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va xom ashyo bilan taʼminlash yoʻllarini ishlab chiqish; konlarni oʻzlashtirish; ichimlik suvi muammolari; zilzilashunoslix va boshqa boʻyicha maʼlumotlar va tajriba almashishdan iborat. 1875 yilda qabul qilingan Nizomga muvofiq, Xalqaro geologik kongresslar har safar navbat bilan turli mamlakatlarda oʻtkaziladi. 2004 yilgacha jami 32 ta kongress boʻlib oʻtgan; ilk bor 1878 yil Parijda — navbatdagi soʻnggisi 2004 yil Florensiya (Italiya) shahrida boʻlib oʻtdi. Har bir sessiya muayyan ilmiy mavzuga bagʻishlanib, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Unda eng yaxshi ilmiy ish uchun Spendiarov mukofoti (1897 yil Rus geologi L.A. Spendiarov xotirasiga taʼsis etilgan) beriladi. Anʼanaga koʻra, bu mukofot sohibi kongress oʻtkazilayotgan mamlakatning eng iqgidorli yosh olimi boʻlishi kerak.

Xalqaro geologik kongresslar roʻyxati tahrir

Raqam Yil Oʻtkazilgan joy Prezident
1 1878   Fransiya Parij
2 1881   Italiya Bolonya Джованни Капеллини
3 1885   Germaniya Berlin
4 1888   Angliya London Jozef Prestvich
5 1891   AQSh Vashington Jon Nyuberri