Xalqaro intellektual mulk kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingl.World Intellectual Property Day, arab. اليوم العالمي للملكية الفكرية, ‎isp. Día Mundial de la Propiedad Intelectual, xit. 世界知识产权日, fr. Journée Mondiale de la Propriété Intellectuelle) — ushbu sana  2001-yildan buyon har yili 26-aprelda nishonlanadi.

WIPO a'zo davlatlar

Nishonlash va uni tarixi

tahrir
 
Jenevada intellektual mulk kuniga bag‘ishlangan "Stiv Jobsning intellektual merosi" ko‘rgazmasining ochilishi (2012-yil 30-mart)

2000-yil sentyabr oyida “Butunjahon intellektual mulk tashkiloti” Bosh Assambleyasi “Xalqaro intellektual mulk kuni” ni ta’sis etadi.  

“Xalqaro intellektual mulk kuni” 2001-yildan buyon nishonlanib kelinadi. Ushbu xalqaro kunning sanasi tasodifan tanlanmagan. Aynan shu sanada, 1970-yil 26-aprelda Xalqaro konvensiya kuchga kirdi, unga ko‘ra "Butunjahon intellektual mulk tashkiloti" (BIMT) tashkil etiladi. Birlashgan millatlar tashkilotining ijodkorlik va intellektual mulk bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi butun dunyo bo‘ylab muvozanatli va qulay xalqaro intellektual mulk tizimini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Har yili "Intellektual mulk kuni" qandaydir bir mavzuga bag‘ishlanadi. Mavzuga oid tadbirlar, hamkasblar uchrashuvlari, kampaniyalar, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi: “Jahon intellektual mulk tashkiloti” o‘z vazifalarini hal qilishda duch keladigan muammolarga jahon hamjamiyatining e’tiborini jalb qilish, keng ommaga Intellektual mulkni nima ekanligini tushuntirish, intellektual mulkni himoya qilish tizimi taraqqiyotning ko‘plab sohalarini rivojlantirishga qanday hissa qo‘shish ko‘rsatish: san’atdan tortib innovasion texnologiyalargacha. BIMT (Butunjahon intellektual mulk tashkiloti) plakatlar tayyorlaydi, televideniyeda reklama roliklari, boshqa ommaviy axborot vositalarida (radio, matbuot, internet) ma’lumotlar joylashtiradi, bu sana va Xalqaro intellektual mulk kunining maqsadlarini imkon qadar ommalashtirishga harakat qiladi.

“Butunjahon intellektual mulk tashkiloti” Bosh direktori “Butunjahon intellektual mulk kuni” munosabati bilan o‘z mintaqaviy vakillariga bayram tabrigini yo‘llaydi.

Havolalar

tahrir