Xalqaro konkida uchish ittifoqi

Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] (inglizcha: International Skating Union ISU) — konkida uchish sport turlari: figurali uchish, konkida uchish va short-treklarni boshqaradigan xalqaro federasiya sanaladi.

Xalqaro konkida uchish ittifoqi
Turi Xalqaro sport federasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1892-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Janubiy Koreya Kim Jayeol
Vebsayti isu.org

1892-yilda Sxeveningenda (Niderlandiya) tashkil etilgan. Bu eng qadimgi xalqaro sport federasiyalaridan biridir. Tashkilotni yaratishdan maqsad konkida uchish sportining yagona qoidalari va me’yorlarini belgilash, xalqaro musobaqalarni tashkil etishdan iborat. 1895-yilda ISU faqat havaskorlar musobaqasiga e’tibor qaratishga qaror qildi. 1896-yil fevral oyida Sankt-Peterburg  egidligi ostida birinchi chempionat o‘tkazildi[2] .

Ayni kunda federasiyaning bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.

Tashkilot

tahrir

2008-yil yoz holatiga ko‘ra, ISU 63 ta davlat-a’zolaridan iborat bo‘lib, ulardan 11 tasi boshqaruv kengashi a’zolari sanaladi. Yig‘ilish kun tartibida har qanday taklif kiritish uchun to‘rt-besh nafar a’zolar qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kun tartibiga doir takliflar uchdan ikki  foizi yoki ko‘pchilikning ovozi bilan ma’qullanadi.

ISU prezidentlari

tahrir
  • 1882-1894 yillar   Villem J. X. Mulyer
  • 1894-1924 yillar   Viktor Balk
  • 1925-1937 yillar   Ulrich Salchow
  • 1937-1945 yillar   Gerrit V. A. Van Laer
  • 1945-1953 yillar   Gerbert Klark
  • 1953-1967 yillar   Jeyms Koch
  • 1967-1967 yillar   Ernst Labin
  • 1967-1980 yillar   Jak Favard
  • 1980-1994 yillar   Olaf Paulsen
  • 1994-2016 yillar   Ottavio Cinquanta
  • 2016-2022 yillar   Yan Dykema
  • 2022 yildan beri   Kim Jayeol

Manbalar

tahrir
  1. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
  2. Ice Skating Champions

Havolalar

tahrir