Xalqaro meteorologiya tashkiloti
Xalqaro meteorologiya tashkiloti — meteorologiyaga doir xalqaro ahamiyatga molik tezkor va ilmiy masalalarni birgalikda hal kilish maqsadida meteorologik xizmatlarning ishini muvofiqlashtirish uchun tuzilgan hamkorlik tashkiloti. 1871-yilda Jenevada asos solingan. Dastlab Xalqaro meteorologiya tashkilotit. direktorlar konferensiyasidan iborat boʻlgan, keyinchalik prezident tomonidan boshqariladigan ijrochi kotibiyatdan, shuningdek, jahondagi meteorologiya tarmoklari, aerologiya, iklimshunoslik, sinoptik axborotlar va boshqa masalalar bilan shugʻullanadigan bir qator komissiya va kichik komissiyalardan iborat boʻlib qoldi. Bu tashkilot ayrim hollarda xalqaro sʼyezdlar uyushtirib turadi. BMT meteorologiya xizmati direktorlarining Vashington konferensiyasi qaroriga binoan, 1947-yilda Xalqaro meteorologiya tashkilotit. oʻrniga Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tashkil qilindi (unga 150 dan ortiq davlat aʼzo, Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 23-dekabrda aʼzolikka qabul qilingan)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |