Xalqaro press klub NNT“ – jamoatchilik fikrini oʻganish, Oʻzbekiston jamiyatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarni muhokama qilish hamda davlat boshqaruv organlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy tadqiqotlar olib boruvchi nodavlat notijorat tashkiloti.

„Xalqaro press klub“ NNT
Turi Nodavlat notijorat tashkiloti
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 31-mart, 2017-yil (7 yil avval) (2017-03-31)
Joylashuvi Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 69-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Raisi Jaloliddin Usmonov
Vebsayti https://ipressclub.uz/
Til(lar)i oʻzbek rus ingliz

Tashkil etilishi

tahrir

„Xalqaro press-klub“ 2016-yil Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilgan muddatdan ilgari prezidentlik saylovida interaktiv mediaplatforma yaratish zarurati yuzasidan tashkil etilgan[1]. Dastlab Elections.uz-2016 press-klubi nomi bilan atalgan. Bu vaqt mobaynida Elections.uz-2016 press-klubida 400 nafar ekspert va 600 OAV vakili ishtirokida 12 sessiya oʻtkazildi[2]. Nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 31-mart kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan[3]. Tashkilotning birinchi raisi sifatida Sherzodxon Qudratxoʻja saylangan[4]. 2022-yil 8-fevralda boshqaruvda oʻzgarish boʻlib, XPK raisligiga Jaloliddin Usmonov saylangan[5].

Maqsadi

tahrir

Xalqaro press-klubning asosiy maqsadi turli siyosiy guruhlarga, hukumat aʼzolariga, parlament vakillari va jamoatchilik birlashmalariga oʻz fikrini bayon etuvchi maydon yaratib berishdan iborat. Bundan tashqari „Xalqaro press klub“ hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan tahliliy materiallar ham tayyorlaydi va bu materiallar OAV orqali tarqatiladi.

Klub davlat tashkilotlari vakillarini jamoatchilikka oʻz mahkamalari faoliyati natijalari yuzasidan axborot berish hamda savol va takliflarni qabul qilib olishlari uchun platforma vazifasini bajaradi. Bu yerda davlat organlari vakillari, mustaqil ekspertlar va OAV oʻrtasida dolzarb muammolarni muhokama qilish va ularning yechimini topishga qaratilgan ochiq muloqotlar boʻlib oʻtadi.

Faoliyati

tahrir

XPK faoliyati davomida „Tet-a-tet“, „Masofada“, „Hafta aksentlari“ „Portret“, „Qadamma qadam“, „Virtual“ kabi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda[6]. XPK sessiyalari keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarning eʼtibor markazida boʻlib kelgan. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning bir qator loyihalari XPK minbarlarida muhokama qilingan. Jumladan, USAIDning Oʻzbekistonda sil kasalligiga chalingan bemorlarga yordam koʻrsatish masalalari XPKda tahlil etilgan[7].

2017-yil Xalqaro press klubning jonli efirlardagi sessiyalarini oʻtkazish toʻxtatib qoʻyilishi OAVda rezonans hosil qildi. Ushbu holat xalqaro OAVlar tomonidan Oʻzbekistonda shakllanib kelayotgan soʻz erkinligini boʻgʻish sifatida baholangan[8]. Amerika ovozi nashrining taʼkidlashicha XPKning jonli efirlari taqiqlanishi Bosh vazir Abdulla Oripov aralashuvi bilan sodir boʻlgan, ammo bu tahminlar oʻz tasdigʻini topmagan. XPKning jonli efirlari uzilishiga sabab sifatida XPK raisi Sherzodxon Qudratxoʻja texnik nosozliklarni koʻrsatgan[9]. XPKning jonli efirga qaytishi 2017-yil 15-sentabrdan amalga oshirilgan. Bu haqida kun.uz[10], „Sputnik Oʻzbekiston“[11] kabi bir qator nufuzli nashrlar xabar bergan.

Xalqaro press klubning 2020-yil 3-dekabrda oʻtkazilgan „Konstitutsiya va qonunchilikda soʻz hamda matbuot erkinligi. Oʻzbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari“ nomli sessiyasi[12] jonli efir vaqtida uzib qoʻyildi[13]. Ushbu sessiyada Jon Mak-Gregor (YXHT), Helena Freyzer (BMT) kabi xalqaro tashkilotlar vakillari va Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishgan. Ushbu sessiyada Oʻzbekistonda soʻz erkinligi sohasidagi muammolar muhokama qilingan[14]. Jonli efirning uzib qoʻyilishi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan[15]. Xalqaro OAV nashirlarining yozishicha sessiyaning jonli efirdan uzib qoʻyilgan qismida jurnalist va blogerlar mamlakatda soʻz erkinligini cheklash holatlari haqida oʻz fikrini bildirgan[16].

Manbalar

tahrir
  1. „В Ташкенте открылся пресс-клуб Elections.uz-2016“ (2016-yil 2-dekabr).
  2. „Xalqaro press-klub o‘z ishini boshladi“ (2017-yil 8-aprel).
  3. „Xalqaro press-klub o‘z ishini boshladi“ (2017-yil 8-aprel).
  4. „Создан Международный пресс-клуб“ (2017-yil 11-aprel).
  5. „Xalqaro press-klubga yangi rais saylandi“ (2022-yil 8-fevral).
  6. „“Xalqaro press-klub” NNT haqida“. 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  7. „USAID Commemorates World Tuberculosis Day in Uzbekistan“ (2021-yil 24-mart).
  8. „Xalqaro press-klub mojarosi: O'zbekistonda jonli efirga taqiq qo'yildi“ (2017-yil 23-avgust).
  9. „Xalqaro press-klub mojarosi: O'zbekistonda jonli efirga taqiq qo'yildi“ (2017-yil 23-avgust).
  10. „Xalqaro Press-klub yana jonli efirda“ (2017-yil 15-sentabr).
  11. „Xalqaro press-klub klubning navbatdagi sessiyasi 15-sentabrdan yana jonli efirga uzatila boshlaydi.“ (2017-yil 14-sentabr).
  12. „So'z hamda matbuot erkinligi va O'zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari“ (2020-yil 3-dekabr).
  13. „Toshkentdagi anjumanda OAVga bosim “barqarorlikni saqlash" bilan izohlandi – anjuman efirdan uzildi“ (2020-yil 3-dekabr).
  14. „Konstitutsiya va qonunchilikda so'z hamda matbuot erkinligi. O'zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari“ (2020-yil 4-dekabr).
  15. „«Ma'muriy tazyiq hozirgi kunda ishlamaydi. U aks natijani keltiradi» – Sodiq Safoyev“ (2020-yil 3-dekabr).
  16. „Toshkentdagi anjumanda OAVga bosim “barqarorlikni saqlash" bilan izohlandi – anjuman efirdan uzildi“ (2020-yil 3-dekabr).