Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish fondi
Xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish fondi (IFAD) – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus muassasasi. 1977-yilda BMTning Jahon oziqovqat konferensiyasi qaroriga koʻra tashkil etilgan.
IFAD ning bosh maqsadi – oʻz aʼzolari boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlari i.ch. tizimini yaxshilash, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, shuningdek rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoklikda yashaydigan qishloq aholisining sogʻligʻi va ovqatlanish darajasini koʻtarishga yoʻnaltirilgan dastur va loyihalarni toʻgʻridantoʻgʻri moliyalashtirish va ularga qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish. Fond oʻz aʼzosi hisoblangan rivojlanayotgan mamlakatlarga qabul qilingan dastur va loyihalar uchun imtiyozli, oraliq va oddiy shartlarda kreditlar beradi.
Fond 1977-yilda 1028 mln. AQSH dollari miqsorida boshlangʻich mablagʻ bilan oʻz faoliyatini boshlagan. 2004-yilga kelib uning mablagʻi 4 marta koʻpaydi. Bu mablagʻning 2/3 qismi fondning aʼzosi hisoblangan sanoati rivojlangan mamlakatlar, qolgan uchdan bir qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga shakllangan. OPEK aʼzolari fondning asosiy donorlari hisoblanadilar. Hozirga qadar fond 11 ta mamlakatda umumiy qiymati 7,7 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan 603 ta loyihani amalga oshirgan. BMT ga aʼzo boʻlgan har bir mamlakat IFAD ga ham aʼzo boʻlish huquqiga ega.
Fondning Boshqaruv Kengashi qaror qabul qiluvchi eng yuqori organ hisoblanadi. Har bir aʼzo mamlakat Boshqaruv Kengashida oʻz vakiliga ega. Fondning Ijroiya Kengashi uning umumiy faoliyatini nazorat qiladi va qarz hamda subsidiyalar berishni koʻrib chiqib, maʼqullaydi.
Oʻzbekiston IFAD ning aʼzosi emas, lekin Oʻzbekistonning bu tashkilotga kirish masalasi koʻrib chiqilmoqda (2004). Shtabkvartirasi Rimda[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME}
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |