Xalqaro tennis federasiyasi

Xalqaro tennis federasiyasi (inglizcha: International Tennis Federation, ITF) —jahon tennisini boshqaruvchi organ hisoblanadi. Bugungi kunda u 205 milliy tashkilotni birlashtirgan. U vakolatli ravishda o‘yin qoidalarini ishlab chiqish va o‘zgartirish huquqiga ega, Shuningdek, qator musobaqalar o‘tkazadi, jahon bo‘yicha tennisni rivojlantiradi va ommalashtiradi. XOQ (Xalqaro olimpiada qo‘mitasiga) taqdim etadi.

Xalqaro tennis federasiyasi
Turi Xalqaro sport federasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1913-yil
Joylashuvi Birlashgan QirollikLondon
Prezident Qoʻshma Shtatlar David Haggerty
Aʼzolari 211 ta milliy federasiyalar
Vebsayti itftennis.com
Til(lar)i Ingliz

TarixiTahrirlash

Milliy tennis federasiyalarining hamkorligini va o‘yin qoidalarini standartlashtirishni rag‘batlantiradigan xalqaro tashkilotni yaratish zarurati XX asrning boshlarida, o‘yin ommabopligining tez o‘sishi va xalqaro musobaqalar soni ko‘payishi davrida yuz berdi[1] .

1913-yil 1-martda Parijda bo‘lib o‘tgan ta’sis yig‘ilishida 12 ta milliy tennis tashkiloti vakillari to‘planib, Xalqaro laun-tennis (ingl. International Lawn Tennis Federation) federasiyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

Bir yarim yil o‘tgach, ILTF Birinchi jahon urushi boshlanishi sababli o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Uning faoliyati 1919-yilda qayta tiklandi. 1922-yilda Qoidalar Kengashi ta’sis etildi, uning vazifasi yagona o‘yin qoidalarini ishlab chiqish va tennis qoidalarida mas’ul tashkilot sifatida xalqaro tan olinishi uchun kurashish edi.

1923-yilda bir qator muhim voqealar sodir bo‘ldi:

  • 16-mart kuni tashkilotning Bosh konferensiyasi tennis qoidalari haqidagi birinchi ma’lumotni qabul qiladi;
  • Amerika tennis assosiasiyasi USTA federasiyaga assosiasiyalangan a’zo sifatida kiradi;
  • Avstraliya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHning rasmiy chempionatlari ta’sis etildi – ular Katta Dubulg‘a turnirlari timsollari edi.

1924-yilda XOQ ILTFni jahon tennisining boshqaruv organi sifatida rasman tan oldi.

Federasiya tashkil etilganidan buyon havaskorlar sport instituti sifatida faoliyat olib borgan, ammo XX asrning 30-yillariga kelib, professional sportchilarning musobaqalarda ishtirok etishi, professional va havaskorlarga bo‘linish mezonlari masalasi juda dolzarb bo‘lib qoldi va 1934 yilda esa ushbu tashkilot muammoni birinchi marta rasman muhokama qiladi va havaskorlar turnirida ishtirokidagi xarajatlari uchun kompensasiya olish imkonini beruvchi "sakkiz hafta qoidasi" ni joriy etadi, bu degani yiliga sakkiz haftadan oshmasligi kerak.

1939-yilga kelib, Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin, ILTF 59 a’zoga ega edi. Urush paytida tashkilot faoliyati yana to‘xtatildi va shtab-kvartirasi shu kungacha joylashgan Londonga ko‘chirildi. Urushdan keyingi birinchi konferensiya 1946-yil 5-iyulda bo‘lib o‘tdi.

1948-yilda ilk marta tennis to‘plari standarti qabul qilindi.

50-yillarning boshidan jahon tennisining tez orada tajribasi oshib bordi, 1951-yilda "sakkiz hafta" yiliga 210 kungacha uzaytirildi.

1963-yilda tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan Federasiya kubogi, o‘sha paytda mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan Devis kubogi — ayollar jamoalari chempionati ta’sis etildi.

Tennis bo‘yicha tarixiy yechim 1968-yil 30-martda Parijda o‘tkazilgan favqulodda sessiyada qabul qilindi — malakali o‘yinchilarga barcha ILTF turnirlariga kirishga ruxsat berildi, tennisda ochiq davr boshlandi. ILTF bir qator Gran-pri turnirlarini tashkil qiladi, bu tashkilot musobaqalarda ilk marotaba tennischilar ko‘rsatgan natijalari uchun pul olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

1975-yilda musobaqalar paytida sport axloqiy me’yorlarini tartibga soluvchi "Axloq qoidalari" (ing. Code of Conduct) tasdiqlangan.

1977-yilda federasiya nomidan "Lawn" so‘zi va qisqartmadagi L harfi tushirib qoldiriladi - bu ko‘pchilik tennis turnirlari endi chim ustida o‘tkazilmasligiga ishora edi.

Devis kubogi — 1979-yilda erkaklar tennisining asosiy jamoaviy musobaqasi tashkiliy qo‘mita talabiga binoan ITF egidligi ostida o‘tkaziladi.

1988-yil Seul Olimpiadasida ITFning 75 yilligi nishonlanadigan mahali tennis 64 yillik tanaffusdan so‘ng Olimpiya sport turi sifatida qaytdi[2].

Tuzilmasi va boshqaruv organlariTahrirlash

ITF 205 ta milliy tennis tashkilotini birlashtirgan bo‘lib, 145 tasi to‘liq haq-huquqli a’zo va 60 ta assosiasiya maqomiga ega. Bundan tashqari, assosiasiyalangan a’zolar sifatida ITF 6 ta mintaqaviy assosiasiyani o‘z ichiga oladi.

Federasiya ITF Konstitusiyasi asosida faoliyat yuritadi. Har yili o‘tkaziladigan Bosh anjuman eng yuqori vakolatga ega. Bosh anjuman byudjetni tasdiqlaydi, federasiyaga a’zo bo‘lish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi va ITF prezidenti va direktorlar kengashini saylaydi. Prezidentning vakolatli muddati — 4 yil, direktorlar - 2 yil, boshqaruv kengashi 12 nafar direktordan iborat. Bosh anjumanda faqat to‘liq a’zolar ovoz berish huquqiga ega.

ITFning bugungi kundagi prezidenti Devid Xaggerti sanaladi.

ITF turnirlariTahrirlash

Xalqaro tennis federasiyasi har yili bir qator turnirlar tashkil etadi, shuningdek, Olimpiya o‘yinlari va Katta Dubulg‘a turnirlarida tennis musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda bevosita ishtirok etadi. Musobaqa davomida federasiya professional sportchilar ATP va WTA tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

ITF homiyligida yoki ishtirokida o‘tkaziladigan musobaqalar:

  • Tennis Masters Cup (ATP bilan hamkorlikda) — erkaklar o‘rtasidagi professional mavsumning yakuniy turniri bo‘lib, unda "ATP poygasi"da eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 8 nafar tennischi va 8 juftlik ishtirok etadi. 
  • Devis kubogi — erkaklar tennisi bo‘yicha terma jamoalar o‘rtasidagi eng yirik xalqaro jamoaviy musobaqadir. 
  • Tennis federasiyasi kubogi — Devis kubogi analogi, ayollar terma jamoalari uchun jamoaviy musobaqa 
  • Xopman kubogi — aralash juftliklar uchun milliy terma jamoalar musobaqasi 
  • ITF — Yaponiya Ochiq chempionatining hammuassisi va hamtashkilotchisi sanalib, ATP-turiga kiruvchi, hamda Ispaniya Xalqaro Chempionatining WTA-tur bosqichi hisoblanadi.
  • Federasiya shuningdek, quyidagi yillik turnirlarga:  
    • ITF erkaklar turi (inglizcha: ITF Men’s Circuit )
    • ITF ayollar turi (inglizcha: ITF Women’s Circuit)
    • ITF o‘smirlar turi (inglizcha: ITF Junior Circuit)
    • Nogironlar aravasida (inglizcha: Wheelchair Tennis Tour)
    • ITF faxriylar (inglizcha: ITF Seniors Events)

ITF erkaklar va ayollar turi bo‘lib, Satellite tournament va Futures Tournaments turnirlaridan iborat professional tennis olamida boshlang‘ich qadamlar bo‘lib xizmat qiladi hamda ATP va WTA reytinglarida hisobga olinadi.

ManbalarTahrirlash

  1. Здесь и далее в разделе использованы данные официальной страницы истории ИТФ: „ITF History“ (en). ITF. 20-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2011-yil.
  2. History of the ITF