Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, XTTB (IBRD, International Bank for Reconstruction and Development) – BMTning ixtisoslashgan muassasasi, Jahon banki guruhiga kiradi. Xalqaro valyuta fondi bilan bir vaqtda, BMTning 0lda BrettonVuds (AQSH)da oʻtkazilgan xalqaro valyutamoliya konferensiyasi qaroriga koʻra tashkil etilgan. 1946-yildan oʻz faoliyatini boshlagan. Aʼzo davlat soni – 181 ta (1999). Unga faqat davlatlargina aʼzo boʻlishi mumkin. Shtabkvartirasi Vashingtonda.

Bank daromadi oʻrtacha va daromadi past mamlakatlarga karz beradi va yordam koʻrsatadi. Bankning rasmiy maqsadlari: i.ch. maqsadlari uchun kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aʼzo davlatlarning tiklanish va taraqqiyotiga koʻmaklashish; i.ch. maqsadlaridagi xususiy chet el investitsiyalarini ragʻbatlantirish; uzoq muddatli muvozanatlangan oʻsishni va bank aʼzolari boʻlgan davlatlarning i.ch. resurslarini rivojlantirish uchun xalqaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan toʻlov balansining barqarorligini saqlashga koʻmaklashish va boshqa Bank uapitali aʼzo davlatlarning bank aksiyalarini sotib olishi hisobiga shakllanadi. Bankda paylarning 40% dan koʻprogʻi yetakchi rivojlangan mamlakatlar – AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya hissasiga toʻgʻri keladi. XTTBning oliy organi – Boshqaruvchilar kengashi. Har bir aʼzo davlat Kengashda moliya yoki rejalashtirish vaziri darajasidagi va 5 yilga tayinlanadigan bir boshqaruvchi (va bir oʻrinbosar)ga ega.

Bosh ijroiya organ – ijrochi direktorlar kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari boʻlgan mamlakatlar (AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi mamlakatlar guruhlari tomonidan tayinlanadi. Bankni prezident boshqaradi. Boshkaruvchilar kengashi sessiyalari yilda 1 marta oʻtkaziladi. Mamlakatlar XTTB kapitalidagi oʻz payi salmogʻiga mutanosib ovoz huquqiga ega. Bankda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy resurslar ajratish masalalari boʻyicha Taraqqiyot qoʻmitasi – XXTB va XVF Boshqaruvchilar Kengashlarining qoʻshma qoʻmitasi mavjud.

Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai – ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etishdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar. Bank hukumatlarga va davlat kafolati bilan xususiy korxonalarga qarz beradi, ayni paytda muttasil sof daromad ham oladi. 1994-yilda Vashington, London, Parij, Tokioda aʼzo mamlakatlardagi loyihalar toʻgʻrisida axborotlar beradigan yangi axborot markazlari tashkil etdi. 1998-yilda bank 21,1 mlrd. dollar qarz berib, uning sof foydasi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Odatda, bank obyekt qiymatining 30% ga yaqin qismini qoplaydigan kreditlar beradi, uning qolgan qismi ichki yoki boshqa tashki manbalar hisobiga qoplanishi lozim. Kreditlar ssuda kapitali bozoridagi foiz stavkalari darajasi bilan belgilanadigan yuqori foizlarda 20 yilgacha muddatga beriladi. Bank kreditlarining asosiy qismi energetika, transport, aloqa va infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallanadi. Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998-yilning 30 iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8).

Bank kreditlar ajratishdan tashkari mamlakatlarga loyihalarni tayyorlashda yordam koʻrsatadi.

1992-yil Oʻzbekiston XTTB ga aʼzo boʻlib kirdi va 1993-yilda uning vakolatxonasi Toshkent shahrida faoliyat koʻrsata boshladi. 1993-yil noyabr oyida Oʻzbekiston uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish boʻiicha tarkibiy yoʻnalish va dasturlarni ishlab chikishni moliyalashtirish uchun 21,0 mln. AQSH dollari miqdorida dastlabki qarz mablagʻlari ajratdi. 1994—2000-yillarda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 458,0 mln. dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi. Ulardan eng yiriklari mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishga (66,0 mln. dollar) va suv taʼminoti, sanitariya va salomatlik tadbirlarini moliyalashtirishga (75,0 mln. dollar) sarflandi.

2003-yilda Jahonbankining Direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 60,0 mln. dollar miqdorida (uning yarmi XTTB tomonidan 20-yil muddatga imtiyozli foiz stavkalarida) kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Xalqaro rivojlanish assosatsiyasi

tahrir

Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956-yil asos solingan boʻlib, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki oʻn yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy qarzini toʻlamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.

Investisiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tarmoqli agentlik

tahrir

Investisiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tarmoqli agentlik (IKKA) oʻz faoliyatini 1988-yilda boshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardan sugʻurtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat va axborot xizmatlarini koʻrsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni mablagʻlar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.

Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi

tahrir

Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966-yilda asos solingan boʻlib, davlatlar va xususiy investorlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish boʻyicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

tahrir

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991-yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotga oʻtishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka eʼtibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari boʻyicha muloqot olib boradi va innovasiyalarni rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam koʻrsatadi.

Osiyo Taraqqiyot Banki

tahrir

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966-yilda tashkil etilgan boʻlib, u mintaqalarga toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlar va texnik yordamlar koʻrsatish orqali Osiyoning iqtisodiy oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan aʼzo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapital qoʻyilmalar va kreditlar ajratish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yordam beradi. OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qoʻshadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta taʼsir koʻrsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.

Osiyo infratuzilma investitsiya banki

tahrir

Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB) Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan koʻp tomonli moliyaviy institutdir. U oʻz faoliyatini 2014-yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat aʼzo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, suv taʼminoti va kanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi.

Moliyaviy ommaboplik alyans

tahrir

2008-yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al’yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik boʻyicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al’yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadigan muhim siyosiy sohalarda aʼzo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam koʻrsatadi.

Islom taraqqiyot banki

tahrir

Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan koʻp tomonlama rivojlanish banki 1975-yilda tashkil topgan. U aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, aʼzo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash orqali oʻz faoliyatini amalga oshiradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME