Xaltali boʻrsiqlar, bandi kutlar (Peramilidae) — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Tanasining uz. 17—50 sm, dumi 9—26 sm, vazni 4,7 kg. Oldingi oyoqlarida 2—4 barmoqlari uzun va kuchli tirnoqli; orqa oyoqlaridagi 2 va 3barmoqlari yopishib oʻsgan boʻlib, faqat tirnoqlari ajralib turadi. Bu tirnoqlar yordamida yungini tozalaydi. Xaltasi tanasining keyingi qismida pastga qarab ochiladi. Xaltayailar orasida yoʻldoshga ega boʻlgan yagona vakil hisoblanadi. Embrioni xuddi haqiqiy yoʻldoshlilar singari implantatsiya boʻladi. 17—19 turi maʼlum. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya va boshqa o.da tarqalgan. Quruqlikda sakrab harakatlanadi. Koʻpchiligi hasharotxoʻr. Yilda 1 marta 2—8 bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri qisqa — 12,5 kun. Ayrim Xaltali boʻrsiqlar terisi va goʻshti uchun ovlangan. Soni juda kamayib ketgan.