Xamun
Xamun – Seyiston botigʻidagi (balandligi 480 m) chuchuk va shoʻr suvli oqmas koʻllar guruhi, Eron va Afgʻonistonda mavjud. Hilmand, Hashrud va Farruxrud daryolari bahorgi toʻliq suv davrida yagona suv havzasini (maydoni 2-3 ming km², chuqurligi 1-1,5 m) tashkil etadi. Qamishzorlar bor. Suv parrandalari qishlaydigan joy.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |