Xani (oʻzlarini "odamlar" deb atashadi) — Xitoy (1,3 mln. kishi) va Hindixitoydagi xalqlar guruhi. Umumiy soni 1,48 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Lolobirma til guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. X.da poliginiya, levirat, yer, osmon, togʻ, ajdodlar ruhiga sigʻinishgan. Har bir qishlokdagi "ajdarho daraxti"ga sigʻinishgan.