Xaos (yun. chaos — tartibsizlik) — yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazo. Olamning yaratilishigacha mavjud boʻlgan. X. — koinot manbai, u Geya (Yer), Erot (sevgi), Ereb (qorongʻulik) va Nyukta (tun)ni yaratgan, ulardan esa goʻyo Yerda yashovchi barcha narsa paydo boʻlar emish. Kuchma maʼnoda — boshdanoyoq tartibsizlik, chigallik.