Xarakteristika (matematikada) – 1) xususiy hosilalik differensial tenglamalar bilan bogʻliq maxsus oddiy differensial tenglama (xarakteristikalar tenglamasi)ning integral chiziqlari. Xarakteristika tushunchasi ixtiyoriy sondagi argumentli, chiziqsiz tenglama holda tenglamalar sistemasi uchun ham kiritiladi; 2) oʻnli logarifmning butun qismi.