Xarappa sivilizatsiyasi aholisning dini
Xarppa sivilizatsiyasi aholisining dini. Arxeologik materiallar, muhrlardagi tasvirlarning ma'lum qismi bizga Xarppa sivilizatsiyasining dinga bo'lgan munosabati haqida ma'lumot beradi. Ba'zi olimlar Moxenjodarodan topilgan katta binoni ehrom deb hisoblaydilar. Bu binoga pishiq g'ishtli hovuz ulanib ketadi. Ko'p miqdorda ayol xaykalchalarining topilishi xarappaliklar ona-ma'buda siymosiga sig'inganlaridan dalolat beradi. Tadqiqotchi olim A.Beshem xulosasiga ko'ra, xarppaliklarning turmush tarzi, urf-odatlari, rasm-rusmlari keyinchalik hinduizmda 20 o'z aksini topgan. Masalan, loydan yasalgan ona siymosi Xarppa markazlari qulagandan so'ng, ya'ni ming yildan keyin paydo bo'ladi. Bu haykal xalq ommasi sig'inadigan eng ulug' siymo bo'lgan. Yuqori tabaqa vakillari esa boshqa bir siymoga sig'inganlar. Busiymo ham hinduizimda o'z aksini topgan. Arxeologlar tomonidan uning bir necha haykalchalari topilgan. U yelka kengligida ochilgan, sochlari va soqoli o'sgan, qollari tana bo'ylab pastga yo'nalgan erkak ko'rinishidadir. Bunday haykallar ko'plab topilgan va bir-biriga juda o'xshashligi o'sha davr odamlari ularga sig'inganidan dalolat beradi. Xarappa madaniyatining Yana mashhur ma'budalaridan biri muhrga tushirilgan shoxli ma'buda siymosidir. Uning shakli muhrlarda quy dagicha aks etgan: oyoqlari tanasiga tegib turadi, o'tirgan holda, yalang'och, sochlari orasidan ikkita shox ko'rinib turibdi. Shoxlar orasida esa drahtsimon o'simlik ko'zga ko'rinadi. Eng katta muhrda uni to'rt hayvon: fil, yo'lbars, karkidon, xo'kiz o'rab turadi. Tagida esa ikkita kiyikning tasviri bor. J.Marshall taxminiga ko'ra, bu tasvirlar Shivaning ilk ramzidir. Shubhasiz shoxli ma'buda Shiva bilan ko'l jihatdan o'xshash. Uma'buda Pashupati nomini olgan va hosildorlik ramzi bo'lib xizmat qilgan. Tarixiy dalillarning guvohlik berishicha, odamlar olov, suv, daraxt va toshlarga ham sig'inganlar. Xarappa madaniyatining siyosiy va ijtimoiy tizmi hali yetarlicha yoritilmagan emas. Yaqin-yaqingacha olimlar orasida Xarappa davrida davlat tizimi shakillangan emas degan fikr hukmron edi. Xarappa, Kalibangan va Moxenjo-Daroda olib borilgan qazish ishlaridan shu narsa aniq bo'ldiki, bu davrda ijtimoiy tabaqalanish vujudga kebyyatda sinflar paydo bo'lgan.
tahrirManba.[1]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ t.f.d., prof. Giyosov Temur G'iyosovich, s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich, t.f.n. Abdullayev Ulug'bek Artikbayevich, Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich.