Xaritagramma (xarita va … gramma) – biror hodisaning oʻrtacha intensivligini xaritada koʻrsatilgan maʼmuriy-hududiy birlik doirasida har xil quyuqlikdagi ranglar bilan yoki zichlikda shtrixlab tasvirlash usuli. Xaritadiagrammalardan farqli ravishda, xaritagrammada nisbiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi (masalan, viloyat yoki tumanlar boʻyicha aholi zichligi, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi va hokazo). Rangning quyuqlanishi yoki shtrixyaarning zichligi xaritaga tushirilayotgan koʻrsatkich qiymatining oʻsishi yoki kamayishiga moye ravishda oʻzgarib boradi, odatda, intensivlik uchun pogʻonali shkala qoʻllanadi. Xaritagrammani tuzishda xaritaning maqsadi eʼtiborga olinadi. Oʻquv xaritalarida pogʻonalar 3-5 tadan oshmaydi, maʼlumotnoma xaritalarda esa koʻproq tanlanadi. Natijada koʻrsatkichlarning aniqligi ortadi.