Xarkov universiteti
Xarkov universiteti - Ukrainadagi qad. universitetlardan biri. 1805 yil rossiyalik maʼrifatparvar, olim V.N. Karazin tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fizika, mat., biol., iqtisodiyot, geol., mashinasozlik, geogr., priborsozlik, tarix, filol. va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saklanadi. 8 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |