Xarlem
Xarlem, Garlem – Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Shimoliy Gollandiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 148,7 ming kishi (2001). Sparna kanalidagi bandargoh. Gulchilik rayoni markazi. Eksport uchun gullar, asosan, lola ekiladi. Transport mashinasozligi, sintetik kauchuk ishlab chiqarish, parfyumeriya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, bogʻlar bor. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |