Xartiya
Xartiya (yun. chartes – qogʻoz, yorliq) – 1) oʻrta asrlardagi (shaharlar va kommunalar xartiyasi, Erkinlikning buyuk xartiyasi va boshqalar) va yangi zamondagi (Buyuk Britaniyada 1838-yilgi Xalq xartiyasi, konstitutsion xartiyasi va boshqalar) ommaviyhuquqiy va siyosiy tusdagi hujjat. Xalqaro huqukda odatda deklaratsiya soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanib, majburiy kuchga ega boʻlmaydi, xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadini ifodalaydi (masalan, Yangi Yevropaning Parij X.si); 2) eski qoʻlyozma.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |