Xasavyurt
Xasavyurt – Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston Respublikasidagi shahar (1931-yildan). Yoriqsuv daryosi boʻyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 84,8 ming kishi (1998). Oziq-ovqat (konserva, goʻsht, aralash yem ktlari, sut zavodi) sanoati rivojlangan. Priborsozlik, taʼmirlashmexanika, gʻisht, temirbeton zavodlari, mebel, tikuvchilik fabrikalari bor. Bir qancha oʻrta maxsus bilim yurti faoliyat koʻrsatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |