Xashishiyun Alamutdagi Ismoiliylar nasha o‘simligi gashishdan uyqu keltirish, jannat bog‘lari, go‘zallarni ko‘rish uchun foydalanayotganlari haqida mish-mish tarqaladi. Shuning uchun ularni „gashish kashandalari“ deb nomlashgan(arabchada xashishiyun). Bu so‘z salibchilar tomonidan „assasin“ shaklida buzib aytilgan hamda fransuz va italyan tiliga „qotil“ sifatida kirib kelgan. Saljuqiylar davlati uchun Ismoiliylikning ijtimoiy ahamiyati va xavfini anglagan Nizomulmulkning eʼtirof etishicha, Ismoiliylar va ularga sodiq kishilarga nisbatan judayam qattiq jazo tiriklayin yondirib yuborish qo‘llanilgan. Musulmon ruhoniylari dindorlar sinfini qiziqtirishga harakat qilib, sunniylarni Ismoiliylikka qarshi nafratini kuchaytirishga harakat qilishgan.Ismoiliylar qotillikni o‘ta maxfiy rejalashtirib, siyosiy taʼsiri kuchli bo‘lishini ko‘zda tutib, o‘limni omma oldida uyushtirishgan. Boshqaruvchilar fido-qotillarni hunarmand, dehqon, shahar kambag‘allaridan tanlab olishgan.[1]

  1. Eron tarixi (o‘quv qo‘llanma). − T.: 2016.