Xatanga
Xatanga, Lyama – Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk oʻlkasidagi dare. Xeta va Kotuy daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Laptevlar dengizidagi Xatanga qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 227 km, havzasining maydoni 364 ming km². Putorana togʻlari orasidan, kanyon hosil qilib toshloq tor oʻzanda, etak qismida Shimoliy Sibir pasttekisligida keng vodiy boʻylab qumloq oʻzanda oqadi. X., asosan, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 3320 m³/sek. Sent. oxiri – oktabr boshlarida muzlab, iyunda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: Popigay, Xeta. Baliq turi (muksun, nelma va boshqalar) koʻp. Kema qatnaydi. Xatanga boʻyida Xatanga pristani joylashgan.
Xatanga | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 227 |
Maydoni | 364 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Xatanga |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |