Xatib Bagʻdodiy — (1001-1071 yillar) muhaddis va tarixchi olim. Toʻliq ismi — Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Sobit Xatib Bagʻdodiy muhaddis va tarixchi boʻlib, 1001-yilda tugʻilgan. Yoqut Hamaviy „Muʼjamu-l-buldon“da Xatib Bagʻdodiyning ellik olti asari haqida bahs yuritadi. Kitoblarining koʻpchiligi hadis ilmiga oiddir. 20 jildli „Bagʻdod tarixi“dan tashqari „Al-jomiʼ li-odobi-r-roviy va-s-somiʼ“, „Al-kifoya fi-maʼrifati usuli-r-rivoya“, „Sharh divon Abi Tammom“ kabi asarlari mashhurdir. Xususan, 20 jildli „Bagʻdod tarixi“ni alohida qayd etish lozim. Asarda Movarounnahrdan chiqqan koʻpgina allomalar haqida maʼlumotlar berilgan. Movarounnahr va Xuroson oʻrtasidagi ilmiy-amaliy aloqalarning rivojlanganligi va bu muzofotlarda madaniy muhit taraqqiy etganligini mazkur asar orqali bilib olish mumkin. Sharqshunos Salmon Parijda bu tarix haqida 300 sahifadan iborat bir bagʻishlov nashr etilgan. Asarga koʻpgina sharhlar ham bitilgan. Xatib Bagʻdodiy vafotidan avval barcha kitoblarini vaqf etgan, boyligini xayr yoʻlida ilm va hadis bilan mashgʻul boʻlganlarga boʻlib bergan[1].

Xatib Bag‘dodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, tarixchi

Asarlari

tahrir
  • Bagʻdod tarixi
  • Al-jomiʼ li-odobi-r-roviy va-s-somiʼ“
  • Al-kifoya fi maʼrifati usuli-r-rivoya
  • Sharh divon Abi Tammom



Adabiyotlar

tahrir
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar

tahrir
  1. Islom ensiklopediyasi b.257