Xatm al-avliyo
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
XATM AL-AVLIYo (arab. & – avliyolar muhri) - lugʼaviy maʼnosiga koʼra, valiylikning nihoyasi – yuksak darajasi. „Xatm“ lugʼatda „muhr“, „yakun topish“ kabi maʼnolarni bildiradi. Xatm al-avliyo atamasi birinchi bor Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Hakim Termiziyning „Xatm al-avliyo“ asarida uchraydi. Baʼzi tadqiqotchilar fikricha, xatm al-avliyo masalasining keng tarqalib, juda tortishuvli masalaga aylanganidan, aslida nomi „Siyrat al-avliyo“ boʼlgan kitob „Xatm al-avliyo“ nomi bilan atalib qolgan. Chunki Termiziyning oʼzi bir oʼrinda „Siyrat al- avliyo“ kitobini zikr qiladi. Termiziyning shu nomli asarida valiylikka haqli shaxs javob berishi lozim boʼlgan savollar ichida xatm al-avliyo haqida ham savol qoʼyilgan. Termiziyning bu asarida xatm al-avliyo shaxs sifatida gavdalantirilmagan va nazariy tushuncha maʼnosida tilga olingan. Shu maʼnoda „xatm al-avliyo“ – „soʼnggi valiy“ emas, balki tasavvufdagi qutbga teng keladi. Termiziyning boshqa asarlarida bu ummatning boshqa ummatlardan yaqiyniy bilim jihatdan afzalligi borasidagi rivoyatlar maʼnosiga ham muvofiqdir. Termiziyning oʼzi ham keltirilgan asari va boshqa asarlarida ochiq-oydin valoyat va nubuvvat teng emasligini aytib, bunday deyishdan Allohdan panoh tilagan hamda hech kimga bunday deyish joyiz boʼlmasligini keltirgan. Bu masala haqida Bahouddin Naqshbanddan soʼralganida, nubuvvatdan afzal – yana anbiyoning valoyatidir, yaʼni paygʼambarlarga xos valoyatdir, deb javob bergan. Abu Abdurahmon Sulamiy ham Termiziyning ushbu masaladagi tutumini shunday sharhlaydi. Ibn Arabiy xatm al-avliyo masalasini ikki xil tupgunadi: birinchisi, ommavviy – umumiy xatm al-valoyat – bu undan soʼng valoyat boʼlmaydigan shaxsdir. Keyingisi xos xatm al-valoyat – u arab kishi boʼlib, jami muhammadiy valiylar ilmini jamlagan. Xatm al-avliyo – qalbi Muhammad (a.s.)ga tobe boʼlgan mufarridlardandir. Boshqa asarida Ibn Arabiy u arablardan emas, ajamlardan boʼlishini taʼkidlaydi. U soʼzidan rozi, ishidan minnatdor boʼlinuvchi kishi. Soʼng unga ishoratan va ismi va nasabiga oid ramziy shakllar keltiriladi. Qurʼonning baʼzi suralarida (14 suraning 29 oyatida) va baʼzi xabarlarda uning zikri necha marta va qanday kelganligini aytadi. Ammo oyat va hadislar aynan keltirilmaydi, balki suralarning nomlari berilib, unda xatm al-avliyoning qaysi jihatlari zikr qilinganligi aytiladi, yana turlicha geometrik-ramziy Tosavvuf atamalari shakllari keltiriladi. Ibn Arabiyda nubuvvat va valoyat orasidagi bogʼliqliklar „Bu ummatning ulamolari Bani Isroilning nabiylari kabidir“, „Ulamolar anbiyolarning merosxoʼrlaridir“ rivoyatlariga ham bogʼlab tushguntiriladi. Bunda esa Ibn Arabiy koʼpincha, valoyatdagi merosxoʼrlik masalasini keltirar ekan, musaviy, isaviy, nuhiy v a boshqa tur vorisliklarni sanaydi (bunda u rivoyatlardagi „anbiyolar“ soʼziga diqqatni qaratadi) va muhammadiy vorislikni ulardan ajratadi. Aslida esa Suyutiyning „al-Hoviy fi-l-fatovo“ asaridagi „al-Xabar ad-dall ala vujud al-qutb va-l-avtod va-n-nujabo va-l-abdol“ (Qutb, avtod, najib va abdollarning mavjudligiga dalolat qiluvchi xabar) bobida Muhammad (a.s.), tobeiy va tabaa tobeiylardan keltirgan tegishli rivoyatlar bu masalaning kontseptsiyasini tushunishga yordam beradi. Ularda bu ummatda baʼzi paygʼambarlar qalblariga monand kishilar boʼlishi haqidagi rivoyatlar keltiriladi. Unda m uham m adi y vorislik haqida gap boʼlmasa-da, Ibn Arabiyga koʼra, an a oʼsha vorislikka ega shaxs xatm al-avliyodir. Bu Termiziyda, yuqorida keltirilganidek, Muhammad (a.s.)ga sof tarzda ergashish jumlasi bilan ifodalangan maʼno boʼlishi mumkin. Xatm al-avliyo yuksak maqom bilan birgalikda ayni vaqtda valoyat uyining qoʼriqchisi kabi masʼuliyat maʼnosidagi jihati ham bor. Ibn Arabiy boshqa oʼrinlarda xatm a l - avliyoni 1198/595 yilda Fas shahrida koʼrganligini h a m aytadi. Boshqa oʼrinda esa, u haqda „U bizning zamonimizda tugʼildi. Uni koʼrdim. U bilan boʼldim. Undagi xatmiylik alomatini koʼrdim“ kabi soʼzlarni aytadi. B aʼ zi da tadqiqotchilar bu va shunga oʼxshash boshqa voqealarda I b p Arabiy uchinchi yoki gʼaybiy shaxs sifatida oʼzini nazarda tutgan boʼlishi mumkinligini ham aytishadi. Bir rivoyatga koʼra, Ibn Arabiy umri oxirida bu soʼzidan qaytgan. Umuman olganda, xatm al-avliyo masalasini toʼlaroq tushunish uchun
[9] [10] [11] [12] [13][14] [15] [16] [17] [18] [19] [20]
Manbalar
tahrir- ↑ Xujviriy. Kashf al-mahjub. – Misr, 1974.
- ↑ Anqo mugʼrib fi xatm al-avliyo va shams al-magʼrib. – Bayrut, 2009;
- ↑ T.N; Muhyiddin ibn Arabiy. Al�Futuhot al-Makkiyya. – Misr, 1911;
- ↑ Muhammad Abdurauf Manoviy. at�Taorif. – Bayrut-Damashq, 1990;
- ↑ Devon Ibn Arabiy. – Bayrut, 1996;
- ↑ Abdurazzoq Koshoniy. Istilohat as-sufiyya. – Qohira, 1992; Abdulkarim Jiliy. al�Isfar an risalat al-anvar. – Bayrut, 2004;
- ↑ Salohiddin Sofadiy. Vafiy bi-l-vafayat. – Qohira, 2000;
- ↑ Jaloliddin Suyutiy. al-Hoviy fi-l-fatovo. T.2.- Bayrut, 1982;
- ↑ Ahmad Kumushxonaviy Naqshbandiy. Jomiʼ al-usul fi-l-avliyo va anvoihim. – Misr, 1880;
- ↑ Muhammad Sodiq M.Yu. Tasavvuf haqida tasavvur. – Toshkent, 2004;
- ↑ Ali (Mishel) Chadkievich. al-Valaya va-n-nubuvva inda ash-shayx al-akbar Muhyidtsin ibn Arabiy.- Marokash, 1999; 5aNN f y . Nak1Sh T1gpgp21 ue (azauuiG ap1au151. 1p5ap uau1p1ap. – 1$ipi1,2008;
- ↑ Bahouddin Naqshband Buxoriy (nashrga tayyorlovchi va izoxdar muallifi Yoʼldosh Eshbek). – Qarshi, 2010.
- ↑ Hakim Termiziy. Navodir al-usul. – Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
- ↑ Xatm al-avliyo. – Bayrut, 1965
- ↑ Kalobodiy, Abu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. – Qohira, 1994;
- ↑ Abu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. – Qohira, 1960;
- ↑ Hujviriy. Kashf al-mahjub. – Misr, 1974. T.N .;
- ↑ Shihobuddin Suhravardiy. Avorif al-maorif. – Bayrut, 1992; Lisoniddin
- ↑ Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. – Qohira, 1966; Muhammad
- ↑ Anvar Badaxshoniy. Akidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.