Xaura – Hindistondagi shahar. Katta Kalkutta aglomeratsiyasi tarkibida, Gʻarbiy Bengaliya shtatida. Axolisi 1,01 mln. kishi (2001). Xugli daryosi boʻyidagi port. Ip gazlama va jut sanoatining yirik markazi. Qogʻoz, oyna shisha, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bogi bor.