Xayit Toʻrayev
Xayit Xudaynazarovich Toʻrayev (1957-yil 25-may, Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekison SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.
Xayit Toʻrayev | |
---|---|
Tavalludi |
25-may 1957-yil Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Termiz davlat universiteti |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirXayit Toʻrayev 1957-yil 25-may Boysun tumanida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini tugatgan. 1983—1985-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti yoshlar qoʻmitasi raisi, 1985—1988-yilarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti aspiranti, 1988—1991-yillarda Termiz davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1991—1996-yillarda Termiz davlat universiteti anorganik va analitik kimyo kafedrasi mudiri, 1996—1999-yillarda Termiz davlat universiteti doktoranti, 1999—2005-yillarda Termiz davlat universiteti anorganik va analitik kimyo kafedrasi mudiri, 2005—2010-yillarda Termiz davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2010—2012-yillarda Termiz davlat universiteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor vazifasini bajaruvchi, 2012-yildan buyon Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti dekani[1]. 2014-yil 2-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining kimyo va farmatsevtika fanlari boʻyicha ekspert kengashi aʼzosi[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1985—1988-yillarda aspiranturada, 1995—1998-yillarda doktoranturada tahsil olgan. 1990-yilda „Ditiofosfat kislotasi hosilalari yordamida nodir metallar ekstraksiyasi va ularni radioaktivatsiya usulida aniqlash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1998-yili „Nodir metallarning tarkibida oltingugurt va fosfor boʻlgan ligandlar bilan koordinatsion birikmalari va ularni ekstraksiya-sorbsiya metodlari yordamida ajratish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2005-yildan noorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha professor. Xayit Toʻrayevning nodir metallar kimyosi va analiziga bagʻishlangan 860 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan boʻlib, shundan 2 ta darslik, 8 ta oʻquv-metodik qoʻllanmalar, 14 ta monografiya, 5 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patentlaridir. 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan[1].