Xayrullaxon Said Nosir o'g'li Mirzo
Xayrullaxon Said Nosir oʻgʻli Mirzo (Mirzo Hoʻqandiy) (1880-1943) ham bir necha yoʻnalishlarda ish olib borgan maʼrifatparvarlardan biridir. U yangi usuldagi maktablar ochishda tashabbus va faollik koʻrsatgan, oʻzi shu maktablarda dars bergan, maktab qoshida kutubxona va nashriyot tashkil etgan. Boshqa tillardagi darsliklarni oʻzbek tiliga oʻgirgan, oʻzi ham „Gulshani Mirzo“, „Gulshani xayol“ nomlari bilan darsliklar yaratgan. Bolalarning aqliy imkoniyatlarini oshirish, ularning zehnini oʻstirish maqsadida „Jumboq majmuasi“ni tuzgan. Majmuadan topishmoqlar oʻrin olgan.