Xazinalar oroli
„Xazinalar oroli“ (inglizcha: Treasure Island) – shotland yozuvchisi Robert Lyuis Stivenson qalamiga mansub sarguzasht roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1883-yil London shahrida „Cassell and Company“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1881-1882-yillarda „Young Folks“ bolalar jurnalida „Xazinalar oroli, yoki Ispanola isyosni“ (inglizcha: Treasure Island, or the mutiny of the Hispaniola) nomi bilan chop etilgan. Romanni oʻzbek tiliga Ahmadjon Yoqubov tarjima qilgan.
![]() 1911-yilgi nashr muqovasi | |
Asl nomi | Treasure Island |
---|---|
Muallif(lar) | Robert Lyuis Stivenson |
Tarjimon(lar) | Ahmadjon Yoqubov |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1883 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1973 |
Sahifalar soni | 216 |
Asarda Jim Hawkins (talaffuzi: Jim Xokins) ismli bolaning hayoti, uning skvayr Trelawney (talaffuzi: Treloni) va doktor Livesey (talaffuzi: Livsi) bilan birgalikda Xazinalar oroliga borib, u yerdagi boyliklarni izlab boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida soʻz yuritiladi. „Xazinalar oroli“ eng koʻp sahnalashtirilgan romanlardan biri hisoblanadi. Asar qaroqchilar haqidagi ommaviy tasavvurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Masalan, xazina xaritalarini „X“ bilan belgilash, tropik orollar, yelkasida toʻti qush olib yuruvchi bir oyoqli dengizchilar obrazlari aynan shu asardan keyin keng tarqalgan.
„Xazinalar oroli“ olti qismga va 34 bobga boʻlingan. Voqealar Jim Hawkins nomidan hikoya qilinadi. Faqat 16-18-boblarda hikoyalarni doktor Livesey soʻzlab beradi.
Syujeti
tahrirJim Xokins ismli oʻsmir onasi va otasi bilan yashaydi. Ularning sodda restorani boʻladi. Kunlarning birida restoranga bir qaroqchi keladi.
Jimning otasi va qaroqchi gap talashib urushib ketadilar va bir-birini oʻldiradi. Jim qaroqchi ashyolari ichidan xazina yashiringan orol xaritasini topib oladi. Oʻsmir o'zi yashaydigan joydan odam toʻplab, orolga otlanadi. Guruhning yarmi xarita egasini tanigan qaroqchilardan iborat boʻladi.
Bu qaroqchilar safar davomida Jimga isyon qilmoqchi boʻladi. Orolda Jim uch yil avval tashlab ketilgan, yolgʻizlikdan qisman aqldan ozgan Ben Ganni uchratadi. Ben Jimga katta yordam beradi, xazinani topib olganini aytadi. Jim oʻz sheriklari bilan Benni shaharga olib boradi, xazinani esa boʻlishtirib oladilar.
Qahramonlari
tahrir- Jim Hawkins – bosh qahramon; asar hikoyachisi
- Livsi – mahalliy doktor
- Jon Silver – Xazinalar oroliga qilingan safar oshpazi
- Smollet – Xazinalar oroliga qilingan safar kapitani
- Treloni – skvayr, yaʼni boyvachcha yer egasi
- Billi Bons – qari dengizchi
- Ben Gan – Xazinalar orolida tashlab ketilgan, qisman aqldan ozgan shaxs
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsarni oʻzbek tiliga 1957-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan nashrga asoslanib Ahmadjon Yoqubov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Puzenko – texnik muharrir, M. Nazirova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.
Havolalar
tahrirVikiomborda Xazinalar oroli haqida turkum mavjud |
Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |