Xazonrezgilikdaraxtlar va butalar, baʼzan oʻtlar (qichitqon oʻt) bargining toʻkilishi. Barglar yilning muayyan davrida bir vaqtda (mas, barg tukadigan daraxtlarda) yoki uzoq vaqt davomida (doim yashil usimliklarda) bittadan toʻkilishi mumkin. Tropik mintaqalarda daraxtlar bir necha kun, moʻʼtadil iqlimli hududlarda 8—9 oy bargeiz boʻladi. Xazonrezgilik — barglarning qarishi bilan bogʻliq normal fiziologik jarayon. Xazonrezgilik oldidan barglarda chuqur biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar sodir boʻladi: xlorofill yemiriladi; karotinoidlar uzoq vaqt saqlanib qolib, bargning kuzgi rangini belgilaydi. Barglardagi oziq moddalar zaxira toʻplovchi organlar (tuganaklar, ildizmeva, ildizpoyalar) oʻsish nuqtalari va yosh novdalarga oʻtadi. Xazonrezgilik mexanizmi barg yoki barg bandi asosida parenxima hujayralari hisobidan koʻchib tushadigan qatlamning hosil boʻlishi bilan bogʻliq. Bargni poyada ushlab turadigan oʻtkazuvchi toʻkima bargning ogʻirligi va shamol taʼsirida uzilib, toʻkiladi. Xazonrezgilik oʻsimliklarning namlik sarfini kamaytirish va novdalarni qor ogʻirligi taʼsirida sinishdan saqlanishga moslanishdan iborat evolyutsion jarayon.