Xelena Kagan (25-sentyabr 1889-yil, Toshkent, Turkiston oʻlkasi) – shifokor, isroillik pediatriya kashfiyotchisi. Quddusda ishlagan. Hadassa tashkiloti homiyligida ishlagan. Xelena bolalarni ota-onalarining dinidan qatʼi nazar beminnat davolagan.

Xelena Kagan
Tavalludi 25-sentyabr 1889-yil
Vafoti 22-avgust 1978-yil
Quddus, Isroil
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Isroil
Kasbi Vrach

Tarjimai holi

tahrir

Xelena Kagan Toshkentda (hozirgi Oʻzbekiston)[1] Rigalik yahudiy er-xotin Moshe va Miriam Kagan oilasida tavallud topgan. Ularning Noax ismli oʻgʻli ham bor edi. Uning otasi, muhandis, nasroniylikni qabul qilishdan bosh tortgan va shu sababli ishidan ayrilgan. Biroq, ota-onasi Xelena va uning akasi uchun maktab taʼlimiga pul topdilar va bolalar 1905-yilda maktabni tugatdilar[2].

Kagan Bern Konservatoriyasining Musikschule da fortepiano chalishni oʻrgangan. Soʻng Bern universitetida pediatriya[2][3] boʻyicha tahsil olgan va uni 1910-yilda tugatgan.

Kagan 1936-yilda Budapesht torli kvarteti aʼzosi boʻlgan skripkachi Emil Xauzerga turmushga chiqdi va Quddus musiqa va raqs akademiyasiga asos soldi. U 1978-yil 22-avgustda farzand koʻrmay vafot etdi.

Tibbiyotdagi oʻrni

tahrir

Xelena Kagan 1914-yil bahorida Quddusga koʻchib oʻtdi. Tibbiyot bilan shugʻullanish uchun litsenziya ololmadi va uyida klinika ochishga qaror qildi. Yosh arab va yahudiy ayollarni akusherlik va hamshiralikka oʻrgatdi[2].

1916-yilda vabo epidemiyasi tarqalgani sababli soʻnggi ikki erkak shifokor Usmonli hukumati tomonidan shahardan chiqarib yuborilgandan soʻng[4], Kagan litsenziya oldi va kichik bolalar shifoxonasida pediatr boʻlib ishlay boshladi[5]. UUsmonlilar imperiyasidagi yagona ayol shifokor edi[1]. Xelena 1925-yilgacha pediatriya boʻlimi mudiri sifatida kasalxonani boshqargan[2][3].

Mukofotlari

tahrir

Xelena 1975-yilda[1] jamiyat va davlat rivojiga qoʻshgan alohida hissasi uchun Isroil mukofoti bilan taqdirlangan[6]. Bikur-Xolim kasalxonasining pediatriya boʻlimi va Quddusdagi Katamonim shahridagi jamoat markazi 1962–1968-yildan beri uning nomi bilan atalgan[7]. Kagan umrining oxirgi yillarida sogʻliqni saqlash boshqarmasi maslahatchisi boʻlib faoliyat yuritdi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Keren Kagan – Helena Kagan“. 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Windsor, Laura Lynn. Women in Medicine: An Encyclopedia. ABC-CLIO, 2002-07-24. 9781576073926.  „Источник“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Helena Kagan Dies at 88“ (1978-yil 24-avgust). 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  4. It Takes a Dream: The Story of Hadassah. Gefen Publishing House Ltd.
  5. Rubin, Zipora (2008-08-01). "Helena Kagan (1889–1978): the first paediatrician in Israel". Journal of Medical Biography 16 (3): 144–149. doi:10.1258/jmb.2007.007040. PMID 18653833. https://doi.org/10.1258/jmb.2007.007040. 
  6. Windsor, Laura Lynn. Women in medicine: an encyclopedia. ABC-CLIO, 2002 — 117-bet. 978-1-57607-392-6. 
  7. „⁨מעריב⁩ | 13 June 1962 | Newspapers | The National Library of Israel“. www.nli.org.il. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.