Bosh menuni ochish

Xerson — Ukrainaning Xerson viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Dneprning oʻng sohilida, uning Dnepr limaniga quyilish joyida. Dengiz va daryo porti. Transport yoʻli chorrahasi. Aeroport bor. Tarkibida 3 shahar tumani mavjud. Aholisi 328,4 ming kishi (2004).

Shahar 1778 yilda kemasozlik korxonalari bilan birga Qora dengiz flotani barpo etish uchun qalʼa sifatida vujudga kelgan va Xersones Tavricheskiy deb atalgan. 1783 ydan uyezdshahri. 1803 yildan gubernya markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — kemasozlik va mashinasozlik (kombayn, kardan vallari, elektromashinasozlik zavodlari va boshqalar), neftni qayta ishlash, yengil (ip gazlama kti va boshqalar), oziq-ovqat (konserva, goʻsht, baliq va boshqalar), qurilish materiallari, mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, filarmoniya, telemarkaz, badiiy, oʻlkashunoslik muzeylari bor. Shaharda Ukraina obikor dehqonchilik i.t. instituta, baliq xoʻjaligi i.t. institutining boʻlimi, Jan. Ukraina sinov styasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Arsenal (18-asr), GrekSofiya cherkovi (1780), Svyatoy Dux monastiri (19-asr boshlari), Spas sobori (1806), Qora dengiz gospitali (1803—10) saklangan.