Bosh menuni ochish

Xett tili — oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qad. hindevropa tillaridan biri; xatt, palayya, lidiya va boshqa tillar bilan xett — luviy tillari (anatoliya tillari) guruhini tashkil etgan ulik til. Xett tilida soʻzlashuvchi aholi qad. Anatoliyaning markaziy va shim. kismlarida yashagan. Xett tili tarixida 3 davr farqlanadi: qad. davr (mil. av. 18—16-asrlar), yjDTa davr (mil. av. 15-asr — 14-asr boshi) va yangi davr (mil. av. 14-asr oʻrtalari — 13-asr). Bizgacha yetib kelgan matnlarning aksariyati Yangi podsholik davriga mansubdir. Xett tilining asosiy grammatik xususiyatlari: feʼl qoʻshimchalari 2 turga boʻlingan, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga boʻlingan. Leksikasida xatt, akkad va xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar — asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi — mixxat boʻlib, u shim. Suriyadan, ehtimol, qad. akkad mixxatidan oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan 1906—07 yillardagi arxeologik qazishmalar chogʻida Xattusasdagi (Turkiya, hozirgi Boʻgʻozkoʻy) podsholik arxividan topilgan.